«JONLI» VIDEO: Redmi X endi qizlarning nozik baland poshnasi ostida jon saqladi!

  •   DiMaX
  •  2325
  •  09.01.2019 10:12

«JONLI» VIDEO: Redmi X endi qizlarning nozik baland poshnasi ostida jon saqladi!

Xiaomi kompaniyasi alohida brend tarzida ajratilgan Redmi turkumidagi flagmaniga qiziqtirishda davom etmoqda. Kuni kecha uning mustahkamligini ta’kidlash uchun polga tashlab, ustidan bir necha yigitlar tepkilab ko‘rsatishgan edi.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Xiaomi taqdim etilmagan Redmi Note 7’ni uloqtirib-tepkilab sinab ko‘rsatdi!

Endi esa «xitoycha Apple»ning matbuot xizmati ushbu turkumdagi ikkinchi videoroligini tarqatdi. Smartfonning chindan ham mustahkam ekanligini isbotlash uchun bu gal uni bir qiz uchli baland poshnasi bilan bir necha bor bosib namoyish etgan:

Ko‘rib turganingizdek, baland poshnalar ostida smartfonning ekrani umuman shikastlanmagan.

O‘QING: Xiaomi hali taqdim etilmagan Redmi X’ning «jonli» suratlarini tarqatdi!

Shuningdek, Xiaomi ushbu smartfonining ilk rasmiy reklama posterini ham chiqardi:

Mazkur flagman ertaga – 10 yanvar kuni Redmi X yoki Redmi Note 7 nomi bilan taqdim etiladi. Ungacha ham bu boradagi yangiliklardan boxabar bo‘lib turish uchun bizni kuzatishda davom eting.

Darvoqe, mazkur korporatsiya bundan tashqari yana bitta – kuchli flagmanini ham tayyorlagani kechagina fosh bo‘lgan...

O‘QING: Xiaomi Cepheus – Snapdragon 855 va 6 GB «operativka»li smartfon Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!