«JONLI» VIDEO: Uchta modeldagi Galaxy S10’larni drop-testda iPhone XS Max bilan taqqoslashdi

  •   DiMaX
  •  1904
  •  13.03.2019 10:14

«JONLI» VIDEO: Uchta modeldagi Galaxy S10’larni drop-testda iPhone XS Max bilan taqqoslashdi

SquareTrade sug‘urta kompaniyasi zamonaviy smartfonlarning mustahkamligini standart drop-testlar orqali sinab ko‘radi. Uning kuni kecha e’lon qilgan videolavhasi Samsung Galaxy S10 turkumidagi uchta flagman sinoviga bag‘ishlangan.

O‘QING: Galaxy S10’larda allaqachon jiddiy nuqson chiqdi! (+«jonli» video)

Testda mazkur liniyadagi uchta yangi model – Samsung Galaxy S10, Galaxy S10e hamda Galaxy S10+ sinab ko‘rildi. SquareTrade ularning mustahkamlik testi natijalarini o‘zaro hamda eng so‘nggi iPhone’lar bilan solishtirib bergan.

Afsuski, drop-test natijalari koreyalik kompaniya muxlislarini xursand qilmaydi: shunchalik qimmat bo‘lishiga qaramasdan, Galaxy S10’lar korpusi o‘ta mo‘rt chiqqan. Ularning korpuslarida 1,8 metrlik balandlikdan birinchi tashlashdayoq chatnashlar paydo bo‘lgan.

Mana, buni o‘zingiz tomosha qiling:

Galaxy S10e modeli o‘zining ikkita «aka»siga qaraganda ham mo‘rt ekan – old yuzasi pastga qarab birinchi tushishidayoq ekrani ishdan chiqqan. Standart Galaxy S10 (sotib olish) flagmani esa iPhone XS Max (xarid qilish) modeliga nisbatan kamroq shikastlangan.

Shikastlanishlar darajasi esa nafaqat tushish balandligi va zarba kuchiga, balki smartfon to‘qnashadigan yuzaga ham bog‘liq. Shunday ekan, telefoningizning ekranini himoya shishasi, korpusini esa g‘ilof bilan himoyalashni tavsiya etamiz.

O‘QING: Galaxy S10+ avtonomlikda iPhone XS Max’ga yengildi, lekin ikkalasini ham boshqa xitoylikning bulturgi flagmani «yer tishlatdi»!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.