«Jonli» video va rasmlar: Redmi 8’ni taqdimotdan avval qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  3223
  •  09.10.2019 10:49

«Jonli» video va rasmlar: Redmi 8’ni taqdimotdan avval qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

Xiaomi korporatsiyasi hamyonbop Redmi 8 smartfonini bugun – 9 oktyabrda rasman taqdim etadi. Bungacha uning deyarli barcha xususiyatlari ma’lum bo‘lishidan tashqari, hatto savdoga chiqib ham ulgurgan!

O‘QING: Rasman savdoga chiqmagan bu flagmanni allaqachon sotishyapti, lekin... naq 140 000 dollardan!

Hindlarning SalimBaba Technical nomli YouTube-kanali esa allaqachon uning qadog‘ini ochib, smartfonni yoqib, ishlatib ham ko‘rsatdi. Lavhadagi Redmi 8 ko‘k korpusli, 4 GB tezkor va 64 GB ichki xotirali versiyasidir.

Ushbu video Redmi 8 modelining xususiyatlari haqida avval sizib chiqqan ma’lumotlarni tasdiqladi: 6,22 dyuymlik displeyning tasvir aniqligi HD+ formatida, qo‘sh kamerasi 12 va 2 megapiksellik datchiklardan iborat. 5000 mA/soatlik akkumulyator 18 vattlik texnologiyada tezkor quvvatlanadi, smartfoning o‘zi Snapdragon 439 protsessori bazasida ishlaydi.

Redmi 8 smartfonining yaxshi jihatlaridan biri – unda xotira kartasini ikkita SIM-karta bilan bir vaqtning o‘zida ishlatish mumkin. Smartfonga MIUI 10 grafik qobig‘i ostidagi Android 9 Pie operatsion tizimi o‘rnatilgan.

O‘QING: Uchta modeldagi Redmi smartfoni rasman arzonlashdi!

Redmi 8 orqa panelida o‘zgacha dizaynni ko‘rishimiz mumkin: brendning logotipi hamda barmoq izi skaneri ham qora tusli kamera blogiga joylangan, natijada kamera moduli cho‘zinchoq bo‘lib ko‘rinadi.

Mana, videoni birga tomosha qilamiz:

Xiaomi korporatsiyasi va uning Redmi brendi ijtimoiy tarmoqlarda mazkur qurilmani faol tarzda maqtashmoqda. Ularga qaraganda, smartfon namdan himoyalangan, korpusning har ikkala tomonini qoplagan himoya shishasi uni tirnalishlardan asraydi. Shuningdek, uning avtonomligi havasga loyiq va o‘z narxi doirasida eng yaxshi kameralardan biriga ega.

Lekin keyingi paytlarda yana bir smartfonsoz «xitoycha Apple»ning shuhratiga soya, bozordagi o‘rniga chang solmoqda...

O‘QING: Xiaomi va Redmi flagmanlarining «kushandasi» 15 oktyabrda ringga tushadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!