«Jonli» video va suratlar: Ekranosti kamerali birinchi smartfonni tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1278
  •  26.06.2019 14:21

«Jonli» video va suratlar: Ekranosti kamerali birinchi smartfonni tomosha qiling!

Xiaomi kompaniyasi Mi 9 (sotib olish) smartfoniga displeyi ostiga yashirilgan old kamerani «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatgandi. Oppo ham shu kuniyoq aynan shunday texnologiyaga ega smartfon prototipining «jonli» videosini tarqatdi, keyin esa uning namoyish kunini ham aytdi.

O‘QING: Ekranosti kamerali dunyodagi ilk smartfonni indingayoq ko‘ramiz! (+video)

Va nihoyat, kutilgan kun ham keldi – bugun Mobile World Congress Shanghai 2019 ko‘rgazmasi boshlandi. Unda xitoylik smartfonsozlar o‘zlarining bir qator yangi ishlanmalarini namoyish etishmoqda.

Oppo kompaniyasi, va’da qilganidek, old kamerasi displeyning ostiga yashirilgan dunyodagi birinchi smartfonni ko‘rsatdi. Uning selfi-kamerasi o‘siq holatida ekranda umuman sezilmaydi.

Namoyish etilgan namuna ekranidan boshqa hamma yog‘i yopiq g‘ilofga joylanganligi uchun uning orqa paneli dizayni sirligicha qolayotir.

Ko‘rinib turibdiki, bu – to‘laqonli taqdimot emas, balki shunchaki nomigagina o‘tkazilayotgan anonsdir. Chunki smartfon hali ommaviy ishlab chiqarishga tayyor emas, shu boisdan bo‘lsa kerak, uning modelini ham ma’lum qilishmagan.

O‘QING: Oppo dunyodagi ilk - ham bukiluvchan, ham kamerasi korpusdan chiquvchi smartfonni patentladi! (+Render)

Mana, selfi-kamerasi displeyning tagiga yashirilgan ilk smartfonni «jonli» videoda ham ko‘ramiz:

Oppo vitse-prezidenti Brayan Shen (Brian Shen) so‘zlariga qaraganda, ekranosti kamera texnologiyasini takomillashtirishga kutilganidan ko‘ra ko‘proq vaqt talab etiladi. Shu sababli, bunday qurilma bozorga hali 2020 yiligina chiqarilishi mumkin.

O‘QING: Redmi, Huawei, OnePlus va Vivo smartfonlari uchun ekranosti barmoq izi skaneri ishlab chiqarayotgan kompaniya

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!