«Jonli video»: Xiaomi CC9 Meitu Edition selfi jangida iPhone X’ni «yer tishlatdi»!

  •   DiMaX
  •  1575
  •  29.06.2019 10:54

«Jonli video»: Xiaomi CC9 Meitu Edition selfi jangida iPhone X’ni «yer tishlatdi»!

«Xitoycha Apple» keyingi haftadayoq Xiaomi CC9 hamda Xiaomi CC9e smartfonlarini taqdim etishidan xabaringiz bor. Ular qatorida yana bitta model – Xiaomi CC9 Meitu Edition ham bor va u mazkur turkumning flagmani bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi CC9: yangi suratlar va kameraning «tungi rejim»i aks etgan video!

Xiaomi kompaniyasi kecha e’lon qilgan videorolikda CC9 Meitu Edition smartfonining yetarlicha yoritilmagan sharoitda selfi olishi aks ettirilgan. Bugina emas: ushbu flagman kupertinolik korporatsiyaning yubiley superflagmani – iPhone X bilan old kamera bo‘yicha «jangga kirishgan»:

Lavhada ko‘rganingizdek, Xiaomi CC turkumi bosh menejeri chap qo‘lida CC9 Meitu Edition modelini, o‘ng qo‘lida esa iPhone X (yoki iPhone XS, aniq ko‘rinmagan) flagmanini ushlab olgan. Xonadagi chiroqni o‘chirishadi, keyin esa qiz har ikkala smartfonda bittadan, fotochaqnoqni ishlatmasdan selfi oladi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini MIUI 10.3.1.0 proshivkasi «g‘ishtga aylantiryapti»

Guvoh bo‘ldikki, qorong‘ida Xiaomi CC9 Meitu Edition smartfonida olingan surat juda yorqin va aniq chiqqan, iPhone X orqali tushirilgan selfi esa... Mana, o‘zingiz ko‘ring:

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi CC turkumidagi uchta smartfon ham 2 iyulda taqdim etiladi, kecha Xitoyda ular uchun avvaldan buyurtma ochilgan. Kompaniyaning turli rusumlardagi telefonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizda atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor. Ulardan aksariyatining narxlari ancha pasaytirilgan, shuningdek, ayrimlarini endi pul o‘tkazish (perechisleniye) yo‘li bilan ham olishingiz mumkin!

O‘QING: Xiaomi CC9 selfifoni global bozorga Mi A3 bo‘lib chiqishi mumkin

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.