«Jonli» video: Xiaomi ko‘rsatmayotgan Black Shark 3 smartfonida PUBG o‘yini!

  •   DiMaX
  •  1312
  •  16.03.2019 10:12

«Jonli» video: Xiaomi ko‘rsatmayotgan Black Shark 3 smartfonida PUBG o‘yini!

Xiaomi kompaniyasi aprelida Xiaomi Black Shark nomli ilk o‘yinbop smartfonini taqdim etgandi. Oktyabrga kelib Black Shark Helo ham namoyish qilindi, endi esa Xiaomi uning uchinchi avlodini tayyorlamoqda.

O‘QING: Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli yana bir 5G-smartfoni – Black Shark Skywalker benchmarkda «qo‘lga tushdi»!

Aytish kerakki, Black Shark Helo modeli Xitoydan tashqaridagi bozorlarga Black Shark 2 nomi bilan chiqarilishi belgilangan. Lekin negadir Xiaomi o‘zining uchinchi geymerofonini ham Black Shark 2 deb atamoqda. Yaqinda internetga uning namoyish sanasi aks ettirilgan poster ham chiqqan va unda mazkur smartfon Black Shark 2 deb nomlangan:

Xullasi kalom, 18 martda taqdim etiladigan Black Shark 3 (Skywalker) modelining Liquid Cooling 3.0 suyuqlikli sovitish tizimiga va allaqanday «kibersportiv akkumulyator»ga ega bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Xiaomi yangi geymerofonining taqdimot kunini aytdi, lekin u allaqachon AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

Endi esa internetga mazkur modelning «jonli» videosi ham chiqdi – unda nafaqat smartfonning o‘zi, balki PUBG o‘yini jarayoni aks ettirilgan!

Ko‘rinib turibdiki, geymerofonning ekranida keyingi paytlarda urfga kirgan «kemtik» yoki «tirqish» yo‘q. Snapdragon 855 chipli bu smartfonning samaradorligi borasida ham xavotirlanmasa bo‘ladi, bu – mobil o‘yinlar uchun eng zo‘r variantlardan biri bo‘ladi.

Hozircha esa Xiaomi’ning ilk geymerofoni – 6/64 gigabaytlik xotiraga ega, qora korpusli Black Shark smartfonini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 3 849 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda mazkur internet-do‘kondan xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasidoirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 va eng arzon Redmi Go ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining narxlari (2019 yil 12 mart)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!