«Jonli» video: Xiaomi sir tutayotgan Mi Mix 4 (Mi Mix Alpha) flagmanini ishlatib ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  2945
  •  11.09.2019 13:38

«Jonli» video: Xiaomi sir tutayotgan Mi Mix 4 (Mi Mix Alpha) flagmanini ishlatib ko‘rsatishdi!

Xiaomi kompaniyasi tez orada Mi Mix 4 hamda Mi 9S Pro 5G flagmanlarini namoyish etadi. Insayderlar bulardan birinchisi Xiaomi Mi Mix Alpha deb nomlanishi ham mumkinligini aytishmoqda.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 4 haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Hali rasmiy namoyishi bo‘lib o‘tmagan ushbu smartfon haqida bir qator ma’lumotlar tarqalgan. Endi esa uning ishlayotgan holatidagi «jonli» videosini ham chiqarishdi. Unda ataylab qurilmaning yarmi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, «sharshara ekran» jozibasiga baho berishingiz mumkin:

Xiaomi Mi Mix 4 korpusining kadrda ko‘rinib turgan – o‘ng qirrasida birorta ham moddiy yoki sensor tugmacha ko‘zga tashlanmaydi. Lavhadagi tasvirlarga qaraganda, bu flagmanni MIUI 11 proshivkasi bilan taqdim etishadi.

Hozircha esa kompaniyaning turli rusumlardagi telefonlarini atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi’ning naq oltita smartfoni rasman arzonlashtirildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.