«JONLI» VIDEO: Xiaomi sir tutsa ham, Pocophone F2 arzon flagmanini qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1375
  •  20.11.2019 10:08

«JONLI» VIDEO: Xiaomi sir tutsa ham, Pocophone F2 arzon flagmanini qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

 «Xitoycha Apple» o‘zining ikkinchi avlod arzon flagmani – Pocophone F2 modelini allaqachon tayyorlagani ma’lum, lekin hanuz keng jamoatchilikka ko‘rsatmayapti. Shunday bo‘lsa-da, biz uning Geekbench benchmarkdagi testi natijalarini va render suratlarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi rasman: «Bu smartfonni kutmay qo‘yavering!»

Taniqli informator Mukul Sharma (Mukul Sharma) bergan xabarga ko‘ra, Xitoyning sertifikatlash idorasi – 3C model raqami M1912G7BE bo‘lgan yangi Xiaomi smartfonining chiqishiga ruxsat bergan.

Regulyator mazkur smartfonning xususiyatlarini oshkor etmagan, ammo standart jamlanmasiga 27 vattlik zaryadlash uskunasi ham kiritilganini qayd etgan. Insayderning o‘zi esa buni aynan o‘sha – ko‘pdan beri kutilayotgan Pocophone F2 modeli, demoqda.

O‘QING: Asus, Samsung, Sony va Xiaomi: Zavoddanoq xavfli dasturlar o‘rnatilgan 32 ta smartfon

Bundan tashqari, garchi rasman taqdim etmagan bo‘lsa-da, Xiaomi allaqachon Pocophone F2’ni hatto bozorga chiqarishga tayyor qilib qo‘ygani ma’lum. Internetda uning «jonli» surat va hatto videolari uchramoqda va shulardan birini sizlarga ilindik:

Pocophone 2 namoyish vaqti hozircha aniq emas, Xiaomi’ning xavfli radiatsiya nurlarini tarqatmaydigan ayrim telefonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: MIUI 11 uchinchi to‘lqinda eski modellardagi Xiaomi va Redmi smartfonlarga tarqatiladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!