«JONLI» VIDEO: Xiaomi taqdim etilmagan Redmi Note 7’ni uloqtirib-tepkilab sinab ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  4218
  •  07.01.2019 14:02

«JONLI» VIDEO: Xiaomi taqdim etilmagan Redmi Note 7’ni uloqtirib-tepkilab sinab ko‘rsatdi!

Xiaomi kompaniyasi Redmi turkumidagi smartfonlarini alohida brend qilib ajratayotgani va 10 yanvarda shu markadagi yangi modelini taqdim etishi haqida yozganmiz. Ammo uning aynan qaysi qurilma ekani hozircha aniq emas, bu Redmi 7 yoki Redmi Pro 2 bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Xiaomi Redmi 7 hamyonbop smartfoni «jonli» suratlari bilan TENAA’ga chiqdi

Bulardan tashqari, yangi brend ostidagi Redmi Note 7 smartfoni ham tayyor ekan. Kompaniyaning o‘zi Xitoydagi ijtimoiy tarmoqdagi Redmi rasmiy kanali orqali uni «jonli» videoda ko‘rsatdi!

Yanada qizig‘i – mazkur videorolik yangi rusumdagi smartfonning mustahkamligini namoyish etishga qaratilgan. Shuning uchun ham qurilmani yerga tashlab, ustidan bir necha kishi tepkilab o‘tib ko‘rsatgan:

Aftidan, 10 yanvarda taqdim etiladigan, kamerasi 48 megapiksellik datchikka ega ilk Xiaomi smartfoni mana shu bo‘lsa kerak. Bunga ham tez orada aniqlik kiritiladi – yangiliklarni biz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: 38 modeldagi Xiaomi smartfoni barqaror MIUI 10 proshivkasigacha yangilanmoqda (to‘liq ro‘yxat)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.