«JONLI» VIDEO: Yashirin selfi-kamerali smartfonni ZTE’dan avval Xiaomi ishlatib ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  1723
  •  28.08.2020 12:52

«JONLI» VIDEO: Yashirin selfi-kamerali smartfonni ZTE’dan avval Xiaomi ishlatib ko‘rsatdi!

Xabaringiz borki, ZTE kompaniyasi 1 sentyabr kuni old kamerasi displeyning ortiga yashirilgan ilk smartfonni taqdim etadi. Avvalroq Axon 20 5G rusumli bu qurilmaning rasmiy surati va ilk reklama videosi chiqqan edi. Bundan tashqari...

O‘QING: Ekranosti selfi-kamerali ilk smartfonni to‘rtta rangda rasman ko‘rsatishdi!

Boshqa kompaniyalar, jumladan, Xiaomi ham selfi uchun ekranosti kamera (yoki yashirin kamera) qo‘llanuvchi smartfonlar ustida ishlashyapti. U hatto yangi flagmanida «yashirin kamera» qanday ishlashini «jonli» suratda ko‘rsatib bergan.

«Xitoycha Apple» endi o‘zining yangi smartfonini ekrani yoqiq holida, aynan selfi-kamerasini ishlatib ko‘rsatilgan «jonli» videoni e’lon qildi. Aniqrog‘i – bu hali bozorga chiqarishga tayyor qurilma bo‘lmasdan, balki hali uning prototipidir.

Xiaomi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) so‘zlariga ko‘ra, ekranosti kamerali smartfonning ikkinchi avlodini ular 2019 yilning oktyabridayoq tayyorlab ulgurishgan edi. Quyidagi lavhada esa uning uchinchi avlodi qanday ishlashini aks ettirishgan:

Kompaniyaning shunaqa smartfoni bozorga kelasi yil chiqishi kutilmoqda, ehtimol, bu Xiaomi Mi 11 flagmani bo‘lar.

O‘QING: Yashirin kamerali birinchi Samsung smartfonini ilk bor yoqiq holida «jonli» ko‘ramiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!