Joyni bo‘shat, Xiaomi! Bozorga yangi qirol kelyapti!

  •   DiMaX
  •  4639
  •  02.10.2019 10:19

Joyni bo‘shat, Xiaomi! Bozorga yangi qirol kelyapti!

Yirikligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Hindiston smartfon bozorida ikkita xitoylik kompaniya Samsung’dan o‘zib ketgani haqida yozganmiz. Qizig‘i shundaki, atigi bir yarim yil avval asos solingan yangi brend endi Xiaomi’ga ham chang solyapti!

O‘QING: Samsung’ning bu arzon smartfoni kamera testida hatto Redmi Note 7 Pro’ni ham «changida qoldirdi»!

Kecha – 1 oktyabr kuni «fillar o‘lkasi»da har yillik Divali bayramiga bag‘ishlangan ilk mavsumiy arzonlatuv boshlandi. Xiaomi unda bir necha soat ichida 1,5 milliondan oshiq yangi qurilmalarini sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bular faqat smartfon emas, balki turli maishiy texnika jihozlari, taqiluvchi gadjetlar va hokazolar ham shu hisobga kiritilgan. Biroq buni aytib maqtanayotgan «xitoycha Apple»ning quvonchi ko‘pga bormadi...

Ushbu hududdagi eng yirik onlayn do‘kon – Flipkart ham kechagi savdo yakunlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, arzonlatib sotish aksiyasining mutlaq chempioni Realme brendi bo‘lib chiqdi – u bir kunda milliontadan oshiq telefon sotishga ulgurgan!

Oppo kompaniyasining subbrendi bo‘lgan Realme mahalliy bozorni egallashdan tashqari xorijga ham chiqyapti, lekin uning asosiy mo‘ljali – Hindiston bozoridir. Flipkart do‘konida kechagi arzonlatib sotish mobaynida sotilgan smartfonlarning naq 41.5 foizi shu kompaniyaga tegishli. Xaomi sotgan smartfonlar ulushi esa 30.2 foizga tushib ketgan va uni ayni shu hamyurti siqib chiqarmoqda.

Divali bayramiga bag‘ishlangan arzonlatib sotish aksiyasida uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni tegishlicha Vivo (6.8%) hamda Asus (6%) band etishgan, qolgan smartfonsozlarning umumiy ulushi taxminan 15% bo‘lgan.

Umuman olganda, Realme brendi Hindiston bozorida keskin o‘sib kelayotir: CMIR Mobile Industry Consumer Insights kompaniyai sentyabrda o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, u mamlakatda eng yaxshi smartfon brendi sifatida e’tirof etilgan.

Afsuski, Oppo kompaniyasi va Realme brendi yurtimizga rasman kirib kelmagan. Lekin Terashop.uz internet do‘konimizda turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini 610 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish, Samsung’ning har xil modellarini esa 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Eng arzon 5G-smartfon endi Xiaomi Mi 9 Pro 5G emas!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!