Jozibador Sony Xperia Alpha sizni maftun qiladi (foto)

Jozibador Sony Xperia Alpha sizni maftun qiladi (foto)

2018 yilda Sony kompaniyasi mobil qurilmalari turkumini to‘liq yangilashni reja qilgan. Jumladan, bu brend qo‘sh sensorli bosh kameraga ega, romsiz displey tamoyiliga asoslangan flagmanlar ishlab chiqarmoqchi. Shu bilan birga, yangi yildan boshlab kompaniya smartfonlarining dizayni ham tubdan o‘zgaradi. 10 dekabrda Sony Xperia Alpha 2018 ilk marotaba insayderlar tomonidan namoyish qilindi. Tan olish kerak, smartfon juda maftunkor.

Sony Xperia Alpha 2018 keyingi yil boshida o‘tkaziladigan MWC 2018 anjumanida taqdim qilinadi, 2018 yilning may-iyunidan boshlab xalqaro savdoga chiqariladi.

Sony Xperia Alpha 2018 smartfonining romdan xoli ekrani old panelni deyarli egallab olgan. Ma’lum bo‘lishicha, apparatning tomonlar nisbati 16:9 o‘lchamida bo‘ladi. Yaponiyalik korporatsiya rahbariyatiga ko‘ra, aynan mana shu standartdagi ekran videorolik hamda filmlar tomosha qilish uchun juda qulay. Flagman korpusi g‘adir-budir metalldan tayyorlangan, shuningdek orqa panelning yuqorisida oyna kabi yaltiroq sayqallangan material o‘rnatilgan.

Sony Xperia Alpha 2018'ning bosh kamerasi qo‘sh modulli bo‘ladi: 16 megapikselli sensorlar jamlanmasi. Yanagi yilning eng ilg‘or, 2,8 GGs chastota tezligiga ega, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessori, 4/6 GB tezkor va 64/128 GB doimiy xotira, 13 Mp old kamera hamda yon romlardan xoli, 2560 x 1440 pikselli (QHD) 5,5 dyuymli AMOLED-ekran flagmanning o‘ziga xos jihatlaridan bo‘ladi. Smartfon Android 8.0 Oreo boshqaruvida ishlaydi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!