«Juma Muborak»: operatordan har hafta yangi bonus, aksiya va noyob chegirmalar!

  •   DiMaX
  •  1879
  •  06.04.2021 16:53

«Juma Muborak»: operatordan har hafta yangi bonus, aksiya va noyob chegirmalar!

Beeline aloqa operatorining yangilangan Beeline Club 2.0 sodiqlik dasturi ishtirokchilarini 2021 yil 9 aprelda va har keyingi juma kunlari yangi bonus, aksiya va noyob chegirmalar kutmoqda! Bonusdan foydalanish juda oson – abonentlar har juma kuni Beeline Uzbekistan dasturining «Stories»idagi yangiliklarni kuzatib borishlari kerak, deyiladi kompaniya xabarida.

O‘QING: «OSON 10» tarifi chiqdi – MB, daqiqa va SMS’lar atigi 10 so‘mdan!

«Juma Muborak» aksiyasi – noyob raqamli ekotizimni yaratishda olib borilayotgan ishlarning mantiqiy davomidir. Bir yil avval taniqli sodiqlik dasturining yangi nomi bilan qayta ishga tushirilishi Beeline Uzbekistan abonentlariga foydali takliflarni taqdim etish imkoniyatlarini kengaytirdi.

Bir yil davomida sodiqlik dasturining ishtirokchilar soni 2 000 000 dan oshdi. 2020 yilning martidan boshlab Beeline Club 2.0’da 720 000 bonus, 220 000 MB va 15 000 dan ortiq daqiqalar taqdim etildi.

Beeline Club 2.0 abonentlari mobil hisobini to‘ldirganda, Internet-paketlarni faollashtirganda, onlayn bo‘lganda hamda mobil va raqamli xizmatlardan foydalanganda bonusga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, Beeline Club 2.0 abonentlariga O‘zbekistonning ko‘plab shaharlaridagi hamkorlaridan turli chegirmalar va bonuslar taqdim etiladi.

Yangi «Juma Muborak» aksiyasi kompaniyaga butun respublika bo‘ylab abonentlarning raqamli dunyosini soddalashtirishga, bonuslar dasturini takomillashtirishga imkon beradi!

Siz Beeline Uzbekistan ilovasi yordamida yoki *777# kodini terib, Beeline Club 2.0 sodiqlik dasturining a’zosi bo‘lishingiz mumkin. Ushbu dastur haqida batafsil ma’lumot olish uchun esa mana bu havola orqali operator saytiga o‘tasiz.

O‘QING: 24/7 onlayn bo‘lishni istaganlar uchun ajoyib yangilik!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!