Kadastr ob’yektiga taqiqni endi onlayn tekshira olasiz!

  •   DiMaX
  •  1759
  •  17.06.2021 16:37

Kadastr ob’yektiga taqiqni endi onlayn tekshira olasiz!

My.gov.uz manzilida joylashgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bir qator xizmat turlari bilan aholiga yengilliklar yaratishda davom etmoqda. Avvalroq unda 2021 yili ishga tushadigan 60 ta yangi xizmat tasdiqlangan edi.

O‘QING: Elektron hukumat bo‘yicha siz izlagan savollarga javoblar

Nomingizda uy-joy bor-yo‘qligi haqida ma’lumotnomani onlayn usulda oson olish videoqo‘llanmasini e’lon qilgan edik. Mazkur portalda endi kadastr ob’yektiga taqiqni tekshirish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgani haqida uning Telegram-kanali xabar bermoqda.

Deylik, topgan-tutganini yig‘ib, o‘zaro ishonch shartnomasi asosida uy-joy sotib olish niyatingiz bor. Erta-indin notarius idoralariga oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun murojaat qilinsa-yu, ob’yektga taqiq chiqib tursa yoki sotish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, yana ovoragarchiliklar boshlanadi.

Bularning barchasi bo‘lmasligi ham mumkin. Shartnoma tuzishdan avval my.gov.uz orqali ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini ushbu havola orqali aniqlashtiring.

Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshiring. Va albatta oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va to‘lovlarni qonun doirasida amalga oshiring.

O‘QING: Avtojarimalar to‘g‘risida ma’lumotni endi onlayn tarzda – oson va bepul oling!