Kadrlarga muhrlangan tarix: zamonaviy texnikalarni 2005 yilgilari bilan taqqoslaymiz

  •   Saroy
  •  1665
  •  07.05.2018 14:30

Kadrlarga muhrlangan tarix: zamonaviy texnikalarni 2005 yilgilari bilan taqqoslaymiz

So‘nggi yillarda texnologik innovatsiyalar dunyosi nigohlarimizni gadjetlarga yuzlantirdi. 13 yil muqaddam smartfonlar oddiy mobil telefonlar kabi hali unchalik ommalashmagan, bog‘ichli telefonni olib yurish hali barham topmagandi. Ushbu maqolamizda 2005 yildagi yuqori texnologiyalar hozirgilaridan qanchalik farq qilishini eslab ko‘ramiz.

O‘QING: Smartfonlar 10 yilda qanchalik o‘zgardi?

Smartfonlar

«Gadjet», deganimizda ko‘proq smartfonlarni nazarda tutamiz. Darhaqiqat, bugungi kunda ushbu mobil yordamchisiz kundalik hayotimizni tasavvur qilishimiz qiyin. Lekin 13 yil davomida aqlli telefonlar anatomiyasi sezilarli darajada o‘zgardi.

O‘rnatilgan ichki xotira

13 yil avval mobil qurilmalar xotirasi megabaytlar bilan o‘lchanardi, hozirda hamma joyda tarqalgan xotira kartalari haqida o‘sha paytlarda hali gap ham yo‘q edi. 2005 yilda chiqarilgan 4 GBli qattiq diski bo‘lgan Nokia N91 smartfoni, garchi yangi va istiqbolli ko‘rinsada, sanoatda keskin burilish yasay olmadi.

2018 yilga kelib, hatto 128 GBli omborga ega bo‘lgan ixchamgina qurilma ham hech kimni hayratlantirmay qo‘ydi. 512 GBga nima deysiz? Huawei Mate RS Porsche Design to‘plamining ichki xotira sig‘imini mobil telefon bilan emas, balki, desktop yechimi bilan tenglashtirsa bo‘ladi. Yana bir necha yildan keyin “smartfoningda qancha terabayt” degan savol kundalik voqelikka aylanadi.

 Xotira kartasi

O‘rnatilgan xotiraning katta sig‘imi bilan maqtana olmaydigan modellar uchun, yechib olinadigan to‘plamlar yordamga keldi. Masalan, 2005 yilda Sony Ericsson sig‘imi 2 GBgacha bo‘lgan K750i Memory Stick Duo Pro kartasini qo‘lladi – raqam ushbu davr uchun ancha e’tiborli edi.

2018 yilga kelib xotira sig‘imi 16 GBdan kam bo‘lgan telefonni tasavvur ham qilolmaydigan bo‘ldik. Ammo smartfon egalarining o‘z qurilmalariga bo‘lgan talablari muttasil ortib borishini nazarda tutadigan bo‘lsak, bugunga kunda microSD slotini kengaytirishdan boshqa yo‘l qolmaydi. Masalan, Sony XZ2 modeli 400 GBgacha bo‘lgan xotira kartasini qo‘llab keladi — bu yuqorida eslab o‘tilgan K750i modelidan 200 barobar ko‘p.

 Kameralar

2005 yillarda «selfi» so‘zi hali kundalik turmushimizga kirib kelmagan, “kimning qurilmasi kuchli” degan bahsda mobil kameralarda suratga olish eng ishonchli dalil hisoblanardi. Ikki megapikselli matritsaga ega bo‘lgan Nokia N92 o‘z davrining haqiqiy kamerofoni hisoblanardi va oddiyroq apparat egalarining havasini keltirardi.

Hozirda aksariyat flagmanlarda ikkitadan kamera bor: asosiy modul keng burchakli yoki ikki hissali yaqinlashtiruv tizimi (zum) varianti bilan to‘ldirilgan. Biroq ishlab chiqaruvchilar orzudagi raqamlarni ham esdan chiqarishgani yo‘q — Huawei P20 Pro aqlga sig‘maydigan darajadagi katta imkoniyatlar – 7296x5472 (40 Mp) bilan fotosurat oladi. Bu ham kam ko‘rinmasligi uchun esa gadjetga monoxromli sensor (20 Mp) va uchinchi kamerani (8 Mp) ham qo‘shishdi. U uch marotaba yaqinlashtirib suratga oladi — bunday imkoniyat hozircha hech bir kompaniyaning birorta mahsulotida yo‘q.

O‘QING: Kamerafonlar "qiroli" -- Galaxy S9 "taxtni boy berdi"

 Mobil internet

2006 yilga kelib GPRS’ning davri o‘ta boshladi. Ma’lumotlarni 9,6 Kbit/s uzatish tezligi ko‘ngilsiz voqelik sifatida o‘tmishda qoldi — 3G davri kirib keldi. Garchi ushbu andoza bizga birmuncha keyinroq kirib kelgan bo‘lsa-da, Nokia N93 UMTS qurilmali va axborot uzatish tezligi 7,2 Mbit/s gacha bo‘lgan Nokia N93 savdoga chiqdi va xaridorgir bo‘ldi.

2018 yil voqeligida mobil qurilmaning displeyidagi 3G atigi tishni g‘ijirlatishdan aloqa operatorini almashtirishga bo‘lgan kuchli istakni uyg‘otardi, xolos. Zamonaviy texnologiyalar klassik va simsiz ulanish o‘rtasidagi farqni yo‘qqa chiqardi: LTE Cat.18 qo‘llanilishi Samsung Galaxy S9’ni kosmik tezlikda, ya’ni 1,2 Gbit/s.gacha “oshirish” imkonini beradi.

 Displeyning qo‘llanishi

Besh dyuymli Full HD? Ajablanarli joyi yo‘q. Lekin bu hozirda shunday — uzoq 2005 yilda esa mashhur Sony Ericsson K700i modelining imkoniyati butun boshli 176x220 nuqtadan iborat edi. 65 ming rangli TFT-displey esa garchi mukammallikdan yuqori hisoblanmagan bo‘lsa-da, lekin gadjet sohiblarida g‘ururlanish hissini uyg‘otardi. PPI texnologiyasi, deysizmi? iPhone 4 paydo bulgunga qadar Retina'ga bo‘lgan talabning yuqoriligi – unga o‘xshash matritsa hali hech kimning xayoliga kelmaganidan dalolat berardi.

Bundan o‘n bir yil avval paydo bo‘lgan 4K displeyli Sony Xperia Z5 Premium, mobil qurilmalarga yangicha nazar bilan yondashishni takozo etdi. Zamonaviy kompyuterlarning hammasi ham bunday xarakteristikaga ega emas. Shunga qaramay 3840x2160 imkoniyatiga ega samartfonlar hozirda unchalik noyob hisoblanmaydi.

Simsiz to‘plamlar

Bluetooth-garnitura — odatiy zamonaviy aksessuar. Bu harakatning ilk yo‘l ochuvchilari 2005 yilda sotuvga chiqqan Plantronics Pulsar 590 hisoblanadi. Garchi, hozirgi o‘lchovlar bilan qaraganda anchayin beso‘naqay dizaynga egaligiga va boshqaruv tugmachalarining aniq-ravshan qilib ovoz chiqarishiga qaramasdan, ushbu devays o‘z davrining innovatsiyasi bo‘lib ko‘rinardi.

 2017 yilda paydo bo‘lgan Sony MDR-1000X to‘plami simsiz ovoz evolyusiyasini davom ettirdi. Qimmat simli uzatish yechimi darajasidagi korpus yuzasida sensor boshqaruv va a’lo darajadagi tashqi ko‘rinish — zamonaviy quloqchinlar aslida shunday bo‘lishi kerak.

O‘yin konsoli

Biroq, raqamli bozor birgina smartfon bilan tirik emas. O‘yinlar industriyasi allaqachon hayotimizga kirib kelgan — gap faqat PC-platformada ham emas.

2005 yilda paydo bo‘lgan Xbox 360 tarixdagi eng xaridorgir konsollarning biri hisoblanadi. Shu bilan birga, u grafikli adapterlar orasida inqilob yasadi. Xenos deb ataluvchi ATI videochip ko‘p jihatdan PC exey ATI X1900 XT videokartasini eslatardi, Lekin u sheyderli protsessor bilan unifikatsiyalashtirilgan ilk GPU bo‘ldi. Bugungi kunda ular hamma joyda ishlatilyapti, smartfondan tortib PK konsoligacha. Boshqacha aytganda, o‘yinli pristavkalar videokartasi desktopli GPU bozorining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

2017 yilda chiqarilgan Xbox One X esa, haqiqatan ham tarixdagi eng kuchli konsol hisoblanadi. To‘g‘ri, u inqilobiylik maqomini yo‘qotgan. Temirning sezilarli taraqqiyotiga qaramasdan, Redmond korporatsiyasi pristavka mashhurligining muhim jihatlarini qo‘ldan boy berdi. Ochig‘ini aytganda, unchalik ko‘p bo‘lmagan eksklyuziv xitlar asosiy raqobatchisi bo‘lgan— PlayStation 4’dan sezilarli ravishda orqada qolib ketishiga olib keldi.

Sony muhandislari jonbozlik ko‘rsatdi va portativ segmentida — mashhur PSP ixcham geymer platformalari sifatini navbatdagi bosqichga olib chiqdi. Hozirgi mobil qurilmalaridagi PUBG — odatiy hol hisoblanadi. 2005 yilda esa, Liberty City Stories — GTA cho‘ntak versiyasi — ko‘ngilochar qurilmalar bozorini oyoqqa turg‘izgan edi.

Yaponlarni quvib yetish va ulardan o‘zib ketishning uddasidan chiqish faqat ushbu yurtning boshqa vakillariga nasib etdi, shunda ham arang o‘n ikki yil o‘tgandan so‘ng. Nintendo Switch, 2017 yilda geymdevays bozorida navbatdagi yuksalishga erishib, mumkin bo‘lmagan vazifani amalga oshirdi. Gajetning o‘yinlar kutubxonasi o‘z ichiga PC-xitlar, DOOM, Skyrim va L.A. Noire kabilarni oladi. Hatto o‘ta zamonaviy Wolfenstein 2: The New Colossus allaqachon yaqinlashib kelgandi.

PS uchun jamlovchilar va periferiya

Desktoplar ham o‘zgarishlarni boshdan kechirdi: evolyusiya ichki komponentlarga ham, periferiyalarga ham ta’sir o‘tkazdi.

Tarix videokartalar flagmani unvoniga ko‘plab da’vogarlar bo‘lganini eslaydi. NVIDIA GeForce 7800 GTX ham bundan mustasno emas — 2005 yilda bunday unvon uchun unga birorta ham raqib topilmasdi. 256 bit kenglikdagi shinalar, 620 MGs chastotali yadroga ega, 512 MB hajmli, GDDR3 turidagi videoxotira tezlashtiruvchining mahsuldorligini keskin oshirdi.

2018 yil voqeligida kutilayotgan eng ilg‘or grafik tezlashtiruvchining jamlangan obrazi boshqacha ko‘rinishga ega. 12 GB hajmli, o‘ta yuqori tezlikdagi HBM2-xotira, 1455 MGs gacha avtohaydash, shinalar kengligi esa 3072 bit. Garchi NVIDIA Titan V. monstri professional yechim sifatida namoyon etilgan bo‘lsa-da, dunyodagi eng kuchli videokarta aslida nima uchun kerakligini yaxshi bilamiz.

Bugungi kunda 4K imkoniyati sust, lekin so‘zsiz, meynstrimga aylanib bormoqda. Ammo, har doim ham shunday bo‘lmagan: 2005 yillarda hatto Full HD formatli monitor har kimda ham bo‘lavermagan. DELL 2005FPW — o‘z davrining tipik vakili hisoblanadi.

Yaxshiyamki, hozirgi zamon monitorlari sohibining ko‘zlarini ko‘proq ayaydi. Imkoniyatlari 3840x2160 bo‘lgan va HDR10 ga tayanadigan 120 gersli Viewsonic VP2785-4K ham Adobe RGBning yorug‘lik kengligini 99 foiz qoplaydi. Bunday displey geymerlar talabini qondirish uchun ham, professional rassomlar uchun ham birdek yaxshi.

Hech narsa abadiy emas

Vaqt o‘zgaradi, u bilan birga brendlar ham o‘zgarib boraveradi. Ayrim kompaniyalar tarixga aylandi, boshqalari esa shunchaki, yo‘nalishini o‘zgartirdi.

Siemens kompaniyasining assortimenti har doim ham sanoat asbob-uskunalari va maishiy texnikalar bilan cheklanib qolmagan. Qachonlardir Siemens telefonlari Nokia va Samsung kabi gigantlarga raqobatchi sifatida ancha mashhur bo‘lgan edi. Taassufki, mazkur brendning mobil bo‘limi 2005 yilda tugatildi. Aynan shu yili kompaniyaning so‘nggi apparati – SXG75 chiqqandi.

Bunday o‘zgarishni Microsoft ham boshdan kechirdi — korporatsiya Windows Phone’ni chiqarib, ushbu operatsion tizim IOC va Android bilan raqobatlasha oladi, deb umid qilgan edi. Lekin 2017 yilda foydalanuvchilar hamyoni uchun kechgan uzoq va muvaffaqiyatsiz kurashlardan keyin, katta umidlar bilan boshlangan mazkur loyihani yopishga to‘g‘ri keldi.

2005 yilda Lenovo kompaniyasi tomonidan sotib olingan IBM’ning kompyuter bo‘limi ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Kompaniyaning eng so‘nggi ishlanmasi Thinkpad T43 noutbuki eng yaxshisi bo‘lib qoldi.

Ammo hatto Xitoy kompaniyasi qanoti ostiga o‘tgandan keyin ham, ommaviy turkum hisoblangan Thinkpad tanish bo‘lgan dizaynini, ishonchliligini va asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligini hozir ham saqlab qolgan. Bunga Lenovo Thinkpad T470 modelini misol keltirish mumkin.

Biz siz bilan barcha sinfdagi qurilmalarning evolyusiyasiga guvoh bo‘lmoqdamiz, qolaversa, taraqqiyot biz o‘ylagandan ham tez sur’atda kechmoqda. Besh, o‘n yildan keyin smartfonlar qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? Yonimizda olib yuradigan elektronika qanday o‘zgarishlarni boshdan kechiradi? Omon bo‘lsak, bu savollarga ham javob topiladi hali.

O‘QING: Kompaniyalar “imzosi”ga aylangan muvaffaqiyatli mobil telefonlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!