«Kalashnikov» dronlar yordamida yangi servisni ishga tushirdi

  •   DiMaX
  •  573
  •  07.05.2020 18:23

«Kalashnikov» dronlar yordamida yangi servisni ishga tushirdi

Koronavirus tufayli karantin sharoitida ko‘pchilik biznes sohalari susaygan bo‘lsa, ayrimlari aksincha – rivojlanmoqda. «Kalashnikov» konserniga qarashli ZALA AERO kompaniyasi dron vositasida yuk tashish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.

O‘QING: Kalashnikov dronlarga qarshi yangi qurolini namoyish etdi (+video)

Mazkur loyiha ZALA DRONE DELIVERY deb nomlangan bo‘lib, yuklarni Rossiyaning istalgan nuqtasiga eltib berishni va’da qilyapti. Dronlar orqali yukni eng qisqa vaqtda va eng qisqa yo‘l bilan yetkazish mumkin, deyapti kompaniya.

«Kalashnikov» dronlari yo‘l-yo‘lakay hududni havodan turib lazerli skanerlaydi va relefli xaritasini yaratadi. Shuning evaziga yo‘lda uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bemalol aylanib o‘ta oladi.

ZALA AERO ta’kidlashicha, maxsus tizim dronlar uchun eng maqbul yo‘nalishni avtomatik tarzda tayyorlaydi. Uni hatto havodagi harakatni nazorat qiluvchi davlat organlariga jo‘natib, ular bilan kelishib ham qo‘yadi. Shuningdek, operator maxsus kanallar orqali dronlar bilan uzluksiz aloqada bo‘lib, ularni boshqarib turadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

O‘QING: DXX ushlagan dron chegaradan nima olib o‘tayotgan edi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!