Kalashnikov dronlarga qarshi yangi qurolini namoyish etdi (+video)

  •   DiMaX
  •  2204
  •  26.06.2019 11:04

Kalashnikov dronlarga qarshi yangi qurolini namoyish etdi (+video)

Dronlar rivojlangani sayin, ularga qarshi turli jihozlar ham yaratish davom etmoqda. «Kalashnikov» konserniga qarashli ZALA AERO kompaniyasi dronlarga varshi yangi talqindagi qurolini taqdim qildi.

O‘QING: Dronlarni urib tushiruvchi dron-kamikadze yaratildi!

REX-2 deb nomlangan mazkur qurolini kompaniya «Armiya-2019» xalqaro harbiy-texnika forumida jamoatchilikka ko‘rsatdi.

Yangi antidron – REX-2 vazni atigi uch kilogramm keladi va 2017 yilgi «ajdod»idan ixchamroq o‘lchamlarga ega. Uni pilotsiz qurilmalarning signalini bloklash uchun uchta modul bilan jihozlashgan: 2,4 va 5,8 gigagerslik, shuningdek, navigatsion tizim yo‘ldoshlari signalini to‘suvchi modullar.

REX-2 korpusida batareya indikatori joylangan. Antidronga yana videoregistrator, stroboskop, lazer va nishon o‘rnatish mumkin.

O‘QING: Bojxonachilar hujjatda «o‘yinchoq» deb ko‘rsatilgan dronni to‘xtatib qolishdi

Mana, uni videoda batafsil tomosha qilamiz:

«Kalashnikov» konserni allaqachon REX-2 antidronini Udmurtiyada laboratoriya sinovlaridan o‘tkazib ko‘rgan. Mazkur qurilma sertifikatlangan va egasi uchun xavfsiz, deya e’tirof etilgan.

O‘QING: Dronlardan foydalanmang – o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishingiz mumkin!