«Kalashnikov» smartfonga bog‘lanuvchi aqlli miltiq namoyish etdi (+videolar)

  •   DiMaX
  •  1575
  •  19.08.2020 10:30

«Kalashnikov» smartfonga bog‘lanuvchi aqlli miltiq namoyish etdi (+videolar)

Hamma narsaga «aql baxsh etayotgan» yangi texnologiyalar qurolsozlikni ham chetlab o‘tmagan. Masalan, avvalroq «Kalashnikov» konserni qarshi yangi qurolini namoyish etgan va biz uning videosini chiqarganmiz.

O‘QING: Eng zamonaviy qurol-aslahalar nimaga qodir?

Ushbu kompaniya endi ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining yangi ishlanmasini e’lon qildi. «Kalashnikov» uni «innovatsion dizayndagi birinchi aqlli miltiq» deb maqtanmoqda.

Konsern uni silliq stvolli MR-155 quroli bazasida tayyorlagan bo‘lib, yangi miltiq mobil qurilmalar bilan sinxronlasha oladi.

«Kalashnikov» mazkur smart-miltiq prototipini 23–29 avgust kunlari Moskva oblastida bo‘lib o‘tadigan «Armiya-2020» forumida to‘laqonli namoyish qilmoqchi.

O‘QING: Uch buyuk derjava – Rossiya, AQSh va Xitoy harbiy qudratini raqamlarda batafsil solishtirib ko‘rsatishdi

Kompaniya «VKontakte» hamda Instagram tarmoqlarida aqlli qurolning prototipi qanday ishlashini ko‘rsatuvchi reklama roligini e’lon qilgan.

Ushbu smart-qurol kollimatorli mo‘ljal va displeyga ega bo‘lib, displeyidagi menyuda «kamera», «media», «otishma», «vaqt», «sozlamalar» va «kompas» bandlari ko‘zga tashlanadi.

O‘QING: Faqat «Tesla»mi? «Kalashnikov» ham superkar chiqarmoqchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!