Kalendarlaringizni belgilang: bu kunlarda yangi o'yinlar va geymerlar uchun yangi qurilmalar taqdim qilinadi

Kalendarlaringizni belgilang: bu kunlarda yangi o'yinlar va geymerlar uchun yangi qurilmalar taqdim qilinadi

Orada bir yil pauza bo'lganidan keyin, navbatdagi E3, o'yin sanoatidagi eng katta tadbirlarning biri, 2023-yilning 13-iyunidan 16-iyunigacha o'tkazilishi ma'lum bo'ldi, bu haqda Entertainment Software Association (ESA) va tadbir tashkilotchisi ReedPop dushanba kuni xabar qildi.

Tadbir Los-Anjelesdagi Kongress markazida odamlar ishtirokida bo'lib o'tadi. Ilk ikki kunlar, 13-14-iyun kunlari faqat biznes uchun, yoxud o'yin sanoati ishtirokchilari uchun uchrashish va bo'lajak o'yinlar bilan tanishish kuni bo'ladi. 15-16-kunlari esa "geymerlar kuni", bunda iste'molchilar yangi o'yinlarni sinab ko'rishlari, ularni ishlab chiqaruvchilari, kontent yaratuvchilar, media shaxslari va boshqalar bilan uchrashishlari mumkin.

E3 tadbiri bu yili faqat onlayn tarzda o'tkazilishi rejalashtirilayotgan edi. Biroq, keyinchalik butunlay bekor qilindi. Shunga qaramay, geyming muxlislari iyun oyida o'yinlarga qaratilgan tadbirsiz qolib ketishmadi. Bo'shliq Geoff Keighley'ning Yozgi o'yinlar festivali bilan to'ldirildi.

Yozgi o'yinlar festivali ham keyingi yilning iyun oyida bo'lib o'tadi. E3 bilan birgalikda, ikki o'yinlar tadbiri shundoq ham issiq bo'ladigan yozni yanada qaynoq yangiliklar bilan bilan qizdirishi kutilmoqda.

O'QING: Meta vakili O‘zbekistonda Facebook va Instagram'ning qancha faol foydalanuvchisi borligini ma'lum qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!