«Kambag‘albop» Pixel smartfonlari taqdimotini Google rasman e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  958
  •  17.04.2019 14:50

«Kambag‘albop» Pixel smartfonlari taqdimotini Google rasman e’lon qildi

Qidiruv giganti Pixel 3 va 3 XL smartfonlarini taqdim etganidan keyin ularning nisbatan arzon versiyalari haqida ham xabarlar tarqaldi. Terabayt.uz saytida ularning «jonli» suratlari va hatto videolari ham e’lon qilingan.

O‘QING: «Hamyonbop» Pixel 3a hamda Pixel 3a XL smartfonlari allaqachon Google saytiga chiqdi!

Google kecha e’lon qilgan yangi promo-posterda: «Pixel dunyosida kattaroq bir narsa yaqinlashib kelayotgani» ta’kidlanib, 7 may sanasi ko‘rsatilgan. Kuzatuvchilarning fikricha, shu sanada u Google I/O 2019 tadbiri doirasida Pixel 3a hamda Pixel 3a XL smartfonlarini namoyish etadi.

«Yordam allaqachon yo‘lga chiqqan» shiori esa, aftidan, «Qasoskorlar» turkumidagi filmlarning yakuniy qismi bilan bog‘liq. Taxminlarga ko‘ra, uning tugallovchi epizodidan so‘ng Pixel smartfonlarida shu kartina qahramonlari aks ettirilgan yangi emodzilar – Playmoji paydo bo‘ladi.

Darvoqe, Pixel 3a hamda Pixel 3a XL smartfonlarining «kambag‘albop»ligi ham o‘ta nisbiy. Ya’ni, garchi kompaniyaning standart Pixel 3 va 3 XL modellaridan ko‘ra arzon bo‘lsa-da, umumiy o‘lchamlar bilan qaraganda ular anchagina qimmat.

O‘QING: Google’ning «kambag‘albop» Pixel 3a smartfoni Snapdragon 855 chipli Mi 9 narxida sotiladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!