Kamera taqqos: Google Pixel 6 Pro vs Apple iPhone 13 Pro

Kamera taqqos: Google Pixel 6 Pro vs Apple iPhone 13 Pro

Google Pixel 6 hamda 6 Pro smartfonlarini tavsif qilish uchun nihoyat ruxsat berildi. Biz esa Pixel 6 Pro hamda iPhone 13 Pro smartfonlarining kamera taqqosiga e’tibor qaratamiz. Ushbu taqqos mrwhosetheboss YouTube kanali tomonidan amalga oshirildi. 

O‘QING: 2013 va 2021 yilgi kamerafonlar jangi: qaysi biri kuchliroq? 

Muallif birinchi bo‘lib qurilmalarning ovoz yozish imkoniyatlarini tekshirdi. Pixel 6 Pro shamol vaqtida kuchli shovqin bo‘lishiga qaramay, ovozni yaxshi yoza oldi. iPhone 13 Pro'da esa shovqin tufayli muallifning gapiryotgan gapi eshitilmay qoldi. 

Zum imkoniyatlari bo‘yicha ham Pixel 6 Pro g‘olib bo‘ldi. iPhone 13 Pro'dagi 3x zum kamera bilan taqqoslaganda, Pixel'ning 4x zum kamerasi yaxshiroq suratlarni taqdim etdi. 

Portret rejimida ikkala smartfon ham o‘zini yaxshi ko‘rsata olgan. Biroq ikkala smartfonning ham kuchli hamda zaif tomonlari mavjud. Misol uchun, iPhone 13 Pro portret rejimida shisha buyumlarini aniqlay olmadi, Pixel'da esa optik zum orqali portret suratlarni olib bo‘lmaydi. 

Makro kamera imkoniyatlari bo‘yicha iPhone, kameraning qo‘shimcha imkoniyatlari bo‘yicha esa Pixel g‘olib bo‘ldi. 

Video barqarorligi bo‘yicha muallif ikki smartfonning imkonyatlarini teng baholadi. Odatiy suratga olishda ham xuddi shunday holat yuzaga keldi. Biroq, tungi rejim imkoniyatlari bo‘yicha Pixel 6 Pro smartfoni iPhone 13 Pro'dan ustun keldi. 

Video yozuv, slow motion bo‘yicha bu safar iPhone o‘zini yaxshi ko‘rsata olgan. Shuningdek, iPhone 13 Pro yaxshiroq selfi suratlar hamda videolarni taqdim etdi. Kamera taqqosda umumiy natija bo‘yicha 5:4 hisobida iPhone 13 Pro g‘olib bo‘ldi. 

O‘QING: Eng arzon iPhone 13 smartfoni Galaxy kamerafonidan ustun keldi: DxOMark reytingi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.