2013 va 2021 yilgi kamerafonlar jangi: qaysi biri kuchliroq?

2013 va 2021 yilgi kamerafonlar jangi: qaysi biri kuchliroq?

Bugungi kamera taqqosimizda 2013 yilda ishlab chiqarilgan Nokia Lumia 1020 hamda Xiaomi kompaniyasining yangi Mi 11 Ultra flagman smartfonini solishtiramiz.

Foto: GSMArena

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (1-qism)

Nokia Lumia 1020 smartfonining texnik ko‘rsatkichlari Nokia'ning yana bir qurilmasi Nokia 808 smartfoniga o‘xshash. Smartfoninng kamerasini ishlashda Nokia Germaniyaning Zeiss kompaniyasi bilan birgalikda ish olib borgan.

Foto: GSMArena

Smartfon kamera rezolyutsiyasi 41MP bo‘lib, Nokia 808 telefonining kamera rezolyutsiyasi bilan bir xil. Bir qancha jihatlarga ega bo‘lgan sensor orqali 41MP rezolyutsiyadagi suratlarni olishning iloji yo‘q. Biroq suratlarni 38MP hamda 34MP rezolyutsiyada olish mumkin.

Xiaomi Mi 11 Ultra esa bugungi kunda eng kuchli kamerafonlardan biri bo‘lib, uning asosiy kamerasi 50MP ni tashkil qiladi.

Smartfonlar kamerasining texnik jihatlari:

Nokia Lumia 1020

Kamera: 41MP, f/2.2, 26mm (keng), 1/1.5“, 1.12µm, AF, OIS.

Selfi kamera: 1.2MP

Video yozuv: 1080p@30 kadr/sek., 4x raqamli zum; Selfi kamera: 720p@30 kadr/sek.

Xiaomi Mi 11 Ultra

Kamera:Asosiy kamera: 50MP, f/2.0, 24mm, 1/1.12“, 1.4µm, Qo‘sh Pixel PDAF, Lazer AF, OIS; • Ultrakeng: 48MP f/2.2, 12 mm, 128˚, 1/2.0“, 0.8µm, PDAF; • Telefoto: 48MP f/4.1, 120 mm, /2.0“, 0.8µm, PDAF, OIS, 5x optik zum.

Selfi kamera: 20MP, f/2.2, 27 mm, 1/3.4“, 0.8µm.

Video yozuv:Asosiy kamera: 8K@24 kadr/sek., 4K@30/ kadr/sek., 1080p@30/60 kadr/sek., giro-EIS, HDR10+ •Selfi kamera: 1080p@30/60 kadr/sek., 720p@120 kadr/sek.

Nokia kamera sozlamalari jihatidan biroz cheklangan, unda faqat 5MP JPEG, 5MP JPEG + 38MP JPEG yoki 5MP JPEG + 38MP DNG RAW formatlarini tanlash mumkin.

Kunduzgi tasvir sifati

Taqqosni birinchi bo‘lib kichik rezolyutsiyadan boshlaymiz. Lumia 1020 5MP, Mi 11 Ultra'da esa 12.5MP rezolyutsiyada olingan suratlarni tahlil qilamiz.

Lumia 1020 smartfonida olingan suratlar ekspozitsiyasi yaxshi, ya’ni suratda yorug‘lik yetarli darajada. Dinamik diapazon Mi 11 Ultra'da olingan suratlardagidek sifatli bo‘lmasa ham, sakkiz yil avvalgi smartfon uchun chakki emas.

...

Mi 11 Ultra'da olingan suratlarning ranglar bilan to‘yinishi Lumia'dagidan yaxshiroq. Ammo Xiaomi to‘qroq rangdagi suratlarni olgan. Shuning uchun, Lumia'da olingan suratlar biroz tabiiyroq chiqqan.

...

Surat aniqligi haqida gap ketganda, Mi 11 Ultra'da olingan 12.5MP suratlar Lumia'da olingan 5MP suratlardan ko‘ra yaxshiroq detallashgan. Biroq Lumia'ning Bayer rang filtri Mi 11 Ultra'dagi Quad Bayer'ga nisbatan yaxshiroq rang effektini bergan.

Ikkala smartfonning, shuningdek, eng yuqori rezolyutsiyasida ham suratlar olindi. Yana bir bor Lumia'ning oddiy Bayer rang filtri murakkab ranglar effektini bergan bo‘lsa, Mi 11 Ultra'ning rang filtri biroz dag‘al effektini bergan. Surat aniqligi haqida gap ketsa, Mi bu borada Lumia'dan ustunroq.

...

Xiaomi'ning 12.5MP rezolyutsiya o‘lchamlariga mos kelishi uchun Lumia'da 32MP suratlar olindi. Chunki 38MP dagi suratlar 5MP suratlardan yaxshiroq detallashgan. Bu holatda Lumia 1020 bemalol Mi 11 Ultra bilan raqobatlasha oladi.

...

Ikki smartfonda RAW formatdagi suratlar olindi va 12.5MP rezolyutsiyaga o‘zgartirildi. Rang uyg‘unligi ikkala smartfonda ham bir xil. Dinamik diapazon Xiaomi'da biroz kengroq. Agar dinamik diapazon suratga olishda eng asosiy faktor bo‘lsa, u holda Xiaomi'ning standard Photo rejimida surat olgan yaxshi. Chunki ushbu rejimda dinamik diapazon yaxshiroq chiqadi.

...

Zum orqali olingan suratlarni taqqoslash biroz mushkul. Chunki Mi 11 Ultra'da maxsus telefoto kamera mavjud bo‘lsa, Lumia'da faqatgina asosiy kameraning o‘zi mavjud. Shuning uchun, ikkala smartfonda 3x gibrid zum suratlar olindi. Natijalar esa Xiaomi'da ancha yaxshiroq. Suratlar o‘ta aniqlikda detallashgan. Shuningdek, Mi 11 Ultra surat markazidagi ob’yektni yaxshiroq ko‘rsatib bergan.

...

Past yorug‘likda surat sifati

Yorug‘lik past bo‘lgan joyda Lumia 1020 Nokia 808'ga nisbatan sifatliroq suratlar oladi. Rasmdagi ob’yektlar ham aniq chiqadi. Biroq hali ham dinamik diapazon yaxshilanmagan.

Taqqoslash uchun, Xiaomi ajoyib darajadagi ekspozitsiya hamda dinamik diapazonni taqdim etadi. Bundan tashqari, smartfon o‘ta past yorug‘likdagi ob’yektlarni ham yaxshi yoritib bera olgan.

...

3x zumda esa Xiaomi dinamik diapazon borasida muammolarga duch keladi, biroq yaxshi tonal ekstremallikni taqdim etadi. Surat aniqligi hamda uni qayta ishlash borasida Xiaomi ustun, lekin Lumia ham o‘z ishi a’lo darajada bajara oladi.

...

Video yozuv

Nokia Lumia 1020 maksimal 1080p rezolyutsiyada videoga olsa, Xiaomi maksimal 8K rezolyutsiyada video yozish imkoniyatiga ega.

Shubhasiz, Xiaomi 1080p rezolyutsiyada Lumia'dan ko‘ra yaxshiroq videoga oladi. Shuningdek, 4K rezolyutsiyadagi videoda avtomobil raqami hamda daraxtdagi barglar aniq ko‘ringan. 1080p rezolyutsiyada olingan videoda esa Lumia'ning kamerasi daraxtdagi bargalarni tiniq ko‘rsata olmagan.

...

Dinamik diapazon borasida Lumia biroz eski smartfon ekanligi bilinadi, chunki dinamik diapazon biroz tor. Ammo Nokia 808 qurilmasi bilan taqqoslaganda, Lumia 1020 smartfonining kamerasi ancha yaxshi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Xulosa

2013 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lishiga qaramay, Nokia Lumia 1020 smartfoni hozirdagi eng kuchli kamerafonlaridan biri bo‘lgan Mi 11 Ultra'ga qaraganda ayrim vaqt yaxshi suratlarni ola oldi. Bu asosan yuqori rezolyutsiyadagi Bayer sensorining ranglar effektini yaxshi bera olganida namoyon bo‘ldi. Shuningdek, Lumia yorug‘lik past bo‘lgan joylarda ham yaxshi suratlarni taqdim etdi.

Foto: GSMArena

Haqiqatdan ham, Nokia Lumia 1020 o‘z vaqtining eng kuchli smartfoni bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Biroq bugungi taqqosning deyarli barcha jihatlarda, shubhasiz, Mi 11 Ultra smartfoni Lumia 1020'dan ustun bo‘ldi.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (2-qism)