Kamerafonlar "qiroli" -- Galaxy S9 "taxtni boy berdi"

Kamerafonlar

Bugun fotokameralar imkoniyatini o‘rganuvchi DxOMark kompaniyasi mutaxassislari yangi taqdim qilingan smartfonlardagi kameralarga oid hisobotlarni e’lon qildilar. Bu tajriba sinovlarida kecha taqdim qilingan Huawei P20 hamda Huawei P20 Pro kamerafonlari o‘rganib ko‘rilgan.

Huawei P20 hamda P20 Pro kamerofonlar reytingida yangi yetakchilarga aylanishdi. Ham fotosurat, ham video tasvirga olishda Huawei P20 Pro 109 ball bilan ro‘yxatda mutloq peshqadam bo‘ldi. Bungacha bu o‘rinda Samsung Galaxy S9 flagmani 99 ball bilan "qirol" edi. "Kuchli beshlik"dagi boshqa smartfonlar ham test sinovlarida 97 va 99 ballarni olishgan edi. Bu degani hali-beri P20 Pro'ga munosib raqib bo‘lmaydi.

O‘qing: Huawei iPhone X'dan 2 barobar qimmat flagman taqdim qildi!

P20 Pro kamerasi fotosurat olishda 114 ballni qo‘lga kiritgan. Huawei P20 ham bo‘sh kelmadi -- 102 ball va reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan. Taqqoslash uchun aytamiz, jahondagi biror smartfon kamerasi hali 102 ballni qo‘lga kiritmagan edi.

Uning fotosuratga olish imkoniyatlari 102, video surat olish imkoniyatlari 94 ballga baholangan.

Shu taxlit Huawei P20 Galaxy S9+ flagmanidan 3 ball, Google Pixel 2 flagmanidan 4 ball, Mate 10 Pro, iPhone X, hamda Mi MIX 2S smartfonlaridan 5 ball oldinda.

P20 modelida "akasi"dagi kabi 40 megapikselli va manzarani 5 karra yaqinlashtiruvchi sensor o‘rnatilmagan bo‘lsa ham, Huawei uni eng yaxshi kamera modullari va imkoniyatlar bilan qurollantirgan.

P20 Pro va P20 kameralari detallarni yaxshi va tabiiy muhrlaydi, ranglarning yorqinligi saqlanadi, "shovqin" miqdori kamayadi. Shu bilan birga, smartfondagi avtofokus tizimlari takomillashgan. Ayniqsa, orqa fonni g‘ira-shira qilish rejimi diqqatga sazovor.


 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!