Kamida 6 xil Xiaomi va Redmi smartfonlarida ishkal: kompaniya aybini tan oldi

  •   DiMaX
  •  3255
  •  25.06.2021 13:12

Kamida 6 xil Xiaomi va Redmi smartfonlarida ishkal: kompaniya aybini tan oldi

Butun dunyodagi Xiaomi smartfonlari egalari sensorli ekranda yuzaga kelgan xatolikdan shikoyat qilishmoqda. Bu xususda Reddit resursidagi izohlar asosida Gizmochina nashri xabar bergan.

O‘QING: Android-smartfonlarda global muammo chiqdi: Google aybdor, lekin o‘zingiz tuzata olasiz!

Qurilmalarning displeylari teginish va silash orqali buyruqlarga yetarlicha javob bermay qolgan, ya’ni – sensor qatlami to‘g‘ri ishlamayapti. Muammo har kimda har xil ko‘rinishda namoyon bo‘layotgan esa-da, umuman olganda smartfonlarni boshqarish qiyinlashib qolgan. Foydalanuvchilarning yozishlariga qaraganda, telefonni o‘chirib-yoqish ham, hattoki smartfonlarni dastlabki sozlamalarga qaytarish – «Hard reset» usuli ham foyda bermayotgan ekan.

Ushbu ishkallar kamida quyidagi oltita modelga mansub gadjetlarda kuzatilmoqda:

  1. Xiaomi Mi 11
  2. Xiaomi Mi 10 Ultra
  3. Xiaomi Mi 11 Lite
  4. Xiaomi Mi 10T Pro
  5. Redmi Note 10 Pro
  6. Redmi Note 9S

Xatolik faqat MIUI grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlayotgan modellarning ayrim vakillarida, so‘nggi yangilanishlardan so‘ng yuzaga kelgan. Xiaomi o‘z smartfonlarining displeylaridagi bu xatolikdan boxabar ekanini ma’lum qilgan. Aftidan, kompaniya bu kamchilikni to‘g‘irlab yuboruvchi apdeyt tarqatsa kerak.

O‘QING: Galaxy M hamda Galaxy A turkumining oltita modelida ishkal – «Hard reset» ham ish bermayapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!