«Kamikadze» dronlarni yoppasiga otuvchi qurilma chiqdi (video)

  •   DiMaX
  •  1154
  •  15.10.2020 08:25

«Kamikadze» dronlarni yoppasiga otuvchi qurilma chiqdi (video)

Xitoyda «kamikadze» dronlarni uchirishga mo‘ljallangan ko‘p stvolli pusk qurilmasi namoyish qilindi. Qurilmani 48 ta dron bilan «o‘qlash» mumkin, deb yozadi Kun.uz nashri.

O‘QING: Kalashnikov dronlarga qarshi yangi qurolini namoyish etdi (+video)

Jangovar mashina ko‘rinishidagi qurilma Dongfeng Warrior zirhli avtomobili negizida ishlab chiqilgan. Dronlar konteynerlar ichiga, konteynerlar esa mashinaning orqa qismida o‘rnatilgan maxsus bo‘lmaga joylanadi. Bo‘lma dronlarni otishdan oldin biroz ko‘tariladi.

Dronlar bir to‘da bo‘lib harakatlanib, bir vaqtning o‘zida razvedka olib borishi va aniqlangan nishonlarga hujum qilishi mumkin.

Bunday qurol ustidagi ishlar xitoylik konstruktorlar tomonidan anchadan beri olib boriladi. Bunday tizimlarni yaratish bilan boshqa davlatlar ham shug‘ullanadi.

Dronlar to‘dasiga qarshi kurashish masalalari bilan havo hujumiga qarshi mudofaa mutaxassislari shug‘ullanadi. Yoppasiga hujum qiluvchi bunday dronlarga qarshi tez otuvchi zambaraklar, raketalar, radioelektron kurash tizimlari va lazer qurilmalar samarali hisoblanadi.

O‘QING: DXX ushlagan dron chegaradan nima olib o‘tayotgan edi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.