Karantin davrida bu ilovalar bir yarim baravarga ommalashdi!

  •   DiMaX
  •  1662
  •  27.03.2020 16:32

Karantin davrida bu ilovalar bir yarim baravarga ommalashdi!

Keyingi paytlarda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida koronavirus pandemiyasi sababli turmush tarzi o‘zgargan. Biroq hatto shu ofatning ham o‘ziga yarasha ijobiy jihatlari bor ekan: Xitoyda allaqachon uning foydasi ko‘ringan, ayrimlar daromadlari oshgan.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatiladi

COVID-19 virusining tarqalishi davrida kishilar uylariga qamalib qolib, turli o‘yinlarga berilishdan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarni ham faol ishlatishga o‘tishgan. Kantar tahlil kompaniyasi dunyoning turli burchaklaridagi 30 ta bozorda 25 ming internet foydalanuvchisi orasida so‘rov o‘tkazib, shunday xulosaga keldi.

Jumladan, hali koronavirus keng tarqalmasidan avval ham eng ommabop messenjer bo‘lgan WhatsApp joriy yilning 14–24 mart kunlarida naq 40 foizga ko‘p ishlatilgan. Sababi – karantin sababli uylarida o‘tirishga majbur bo‘lgan kishilar messenjerlar orqali yanada ko‘proq muloqot qilishgan: yozishmalar, surat uzatish, qo‘ng‘iroq qilish...

Boshqa ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ham ommaboplik keskin ko‘tarilgan. Jumladan, Facebook tarmog‘ida kishilarning umumiy faolligi 37 foizga oshgan. Ayrim mamlakatlarda esa undan ham katta “sakrash”ni kuzatamiz: Xitoyda keng qo‘llanadigan Weibo ijtimoiy tarmog‘i hamda WeChat messenjerining ommalashuvi naq 58 foizga oshgan.

O‘QING: RASMAN: Internet va telefon ikki oygacha o‘chmasligi kimlarga talluqli?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!