«Karib dengizi qaroqchilari» uslubidagi Galaxy S8 narxi e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  2787
  •  07.06.2017 12:46

«Karib dengizi qaroqchilari» uslubidagi Galaxy S8 narxi e’lon qilindi

Samsung’ning Xitoydagi riteyleri Galaxy S8 smartfonining «Karib dengizi qaroqchilari: Marhumlar ertak aytishmaydi» blokbasteri muxlislariga moslangan fanat versiyasi narxini ma’lum qildi. Uni mamlakat hududida 5988 yuan (taxminan 880 AQSh dollari) narxida xarid qilish mumkin, deb yozadi GizmoChina nashri.

Galaxy S8’ning «qaroqchi» modifikatsiyasi franshiza logotipi naqsh qilib tushirilgan maxsus qutichada taqdim etiladi. Shu kabi holatlarda bo‘lgani kabi, smartfon jamlanmasi kengaytirilgan to‘plamga ega. Ya’ni, qutisida qurilmaning o‘zidan va odatdagi aksessuarlaridan tashqari, original g‘ilof hamda telefonni qulay ushlashga mo‘ljallangan halqa ham mavjud. Payqaganingizdek, bularning bariga «Karib dengizi qaroqchilari» uslubiga xos tarzda ishlangan.

Smartfonning o‘zi esa, Galaxy S6 va S7 fanat versiyalaridan farqli ravishda, standart seriyasidan unchalik ajralib turmaydi. Eksklyuziv modelning yagona farqi shuki, unda «Karib dengizi qaroqchilari» uslubidagi belgicha (ikonka)lar, oboylar va saundtreklari bilan maxsus dasturiy qobiq bor.

Cheklangan nusxada ishlab chiqarilgan Galaxy S8’ning ichki – apparat qismlari ham standartdan farq qilmaydi. Unga ham sakkiz yadroli Snapdragon 835 protsessori qo‘yilgan va 4 gigabayt tezkor xotiraga ega. Asosiy va old kameralari tegishlicha 12 hamda 8 megapikselli suratlar olishga mo‘ljallangan. Akkumulyator sig‘imi ham standart versiyalardagi kabi – 3000 mA/soatni tashkil etadi.

Ta’kidlash kerakki, Galaxy S8’ning «qaroqchi» modifikatsiyasi mahalliy bozoriga mo‘ljallab chiqarilgan bo‘lib, uni mana bu havola orqali xarid qilish mumkin. Biroq uning proshivkasi Xitoydan boshqa mamlakatlarda to‘g‘ri ishlash-ishlamasligi hozircha noma’lum.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!