Kartadan-kartaga pul o‘tkazishning 50% arzon yo‘lini bilasizmi?

Kartadan-kartaga pul o‘tkazishning 50% arzon yo‘lini bilasizmi?

Ayni damda qator xizmatlar, jumladan, Click va Payme tizimlari orqali UzCard plastik kartalari foydalanuvchilari turli xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Mana shunday xizmatlardan biri va bizningcha, eng ko‘p qo‘llaniladigani bu kartadan-kartaga pul o‘tkazish xizmati bo‘lsa kerak.

Ushbu xizmatlar, albatta, pullik. Xabaringiz bor, Click va Payme o‘tkazmaningizning 1% i miqdorida ko‘rsatilgan xizmat uchun komissiya ushlab qoladi. Masalan, 100 ming so‘m o‘tkazsangiz, 1000 so‘m; 5 million o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, 50 ming so‘m ushlab qolinadi va hokazo.

Ko‘rib turganingizdek, o‘tkazma hajmi oshib borishi bilan, komissiya miqdori ham shunga mos ko‘payib boradi. Biroq Uztelecom taqdim qilayotgan xizmat bilan ushbu amaliyot sizga yarim narxiga tushadi.

Buning uchun My Uztelecom ilovasini yuklash kerak bo‘ladi (Android uchun yuklash, iOS uchun yuklash).

Ilovada ro‘yxatdan o‘ting. E’tibor bering, xizmatdan faqat UzMobile yoki UzOnline abonentlari foydalanishlari mumkin.

Ilovaning bosh sahifasi o‘ng tomon yuqori qismida hamyon ikonkasi mavjud. Ushbu tugmacha ustiga bosing.

Ushbu skrinshot montaj qilindi va faqatgina namuna uchun keltirildi

 

Ochilgan oynadan «Kartadan kartaga pul o‘tkazish» bo‘limi ustiga bosing. Shunda o‘tkazmalar oynasiga o‘tasiz.Keyingi bosqich siz mablag‘ o‘tkazmoqchi bo‘lgan karta raqamini yozishdir. Plastik kartaning 16 xonali raqamini to‘g‘ri kiritsangiz, karta egasining ism va familiyasi paydo bo‘ladi. Undan keyingi maydonga esa o‘tkazmoqchi bo‘lgan summangizni kiritasiz. Ushbu ilova orqali 5 ming so‘mdan 9 million so‘mgacha mablag‘ o‘tkazish mumkin.Hammasi to‘g‘ri bajarilganidan so‘ng oynaning pastki qismida komissiya bilan birgalikda kartangizdan jami qancha pul yechilishi ko‘rsatiladi. Biz, masalan, 500 ming so‘m o‘tkazmoqchi bo‘ldik. Ilova kartamizdan komissiya bilan 502 500 so‘m ushlab qolinishini ko‘rsatdi, ya’ni 2 500 so‘m (o‘tkazmaning 0.5% i miqdorida) komissiya ushlanmoqda.Keyingi bosqichda esa mablag‘ manbayi bo‘lgan karta (ya’ni o‘zingizning kartangiz) raqami va uning amal qilish muddatini kiritib, «Pul o‘tkazish» tugmasini bosasiz va tamom.O‘tkazmalaringiz muvaffaqiyatli va arzon narxda bo‘lishini tilaymiz. Bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: UzMobile'ning qo‘pol, Beeline'ning ta’magir operatori bilan suhbatlashdik

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!