Kasperskiy: bir kunda 300 mingdan ortiq kompyuter viruslari paydo bo‘ladi!

Kasperskiy: bir kunda 300 mingdan ortiq kompyuter viruslari paydo bo‘ladi!

Kasperskiy laboratoriyasining strategik loyihalar bo‘yicha rahbari Andrey Yarnixning so‘zlariga ko‘ra, bir kunda 310 mingta atrofida dasturiy viruslar yaratiladi. Vaholanki, bundan o‘n yil avval ushbu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 1,4 mingtani tashkil qilgan edi.

Xalqaro internet tarmog‘idagi kiberhujumlar diapazoni o‘tgan o‘n yil ichida kamida 200 marta oshgan, hozirda bir kunda 310 mingga yaqin zararli viruslar yaratilmoqda.

Viruslar, ayniqsa, bank xizmatlarini ko‘rsatadigan jahon axborot tarmog‘iga kuchli xatar hisoblanadi.  Kasperskiy statistikasiga ko‘ra, shu yilning ikkinchi choragida faqat kompaniyaga tegishli antiviruslar bank sektoridagi bir millionga yaqin kompyuterlarga uyushtirilgan viruslarni bartaraf etgan. Takrorlaymiz, bu faqat Kasperskiy antiviruslari tomonidan belgilangan ko‘rsatkich, xolos. Agar boshqa firma antiviruslarini ham hisobga olsak, ushbu ko‘rsatkich bir necha barobarga ortishini kuzatish mumkin.

Bu shundan dalolat beradiki, bugungi kunda viruslar orqali amalga oshirilayotgan kiberhujumlar juda xatarli tus olmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!