“Kasperskiy” laboratoriyasi smartfonga virus tushishining ommabop sababini aytdi

“Kasperskiy” laboratoriyasi smartfonga virus tushishining ommabop sababini aytdi

Mobil aloqa vositasini kompyuter yoki noutbuk orqali quvvatlantirish xavfsiz deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Kaspersky Lab kompaniyasi tadqiqotchilarining ma’lum qilishicha, bu usul orqali smartfonni quvvatlash zararli fayllarning telefon tizimini buzib kirishi uchun ayni muddao ekan.

Noma’lum, xususan arzon quvvatlash qurilmasi (zaryadka)dan foydalanish “aqlli telefon” tizimining ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, internet tarmog‘iga ulangan ikki elektron qurilma o‘zaro ulanganda ularga uchinchi tomonning noqonuniy xaker ilovasi avtomatik o‘rnashib oladi va 3 daqiqa ichida smartfon nomi, ishlab chiqaruvchisi, qurilma turi, serial raqami va shaxsiy boshqa ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi.

Xakerlar esa bu ma’lumotlarni olib, ular yordamida keyinchalik mazkur smartfonlarga zararli fayllarni osonlik bilan joylaydilar yoki boshqa kiber jinoyatchiliklarni amalga oshiradilar.

Kaspersky Lab markazi USB orqali smartfonni quvvatlashda quyidagilarga amal qilishga chaqiradi:

– Ishonchli va viruslarga qarshi kompyuter yoki noutbukdan foydalanish;

–  Kompyuter USB-porti orqali quvvatlaganda smartfonni o‘chirib qo‘yish;

– Smartfonni jamoat joylariga tegishli bo‘lgan kompyuterlarga ulamaslik;

–  Ma’lumotlarni himoyalashda shifrlash tizimi va xavfsizlikni ta’minlovchi tizimlardan foydalanish va murakkab maxfiy kalit so‘zlarni tanlash;

– Smartfon kompyuterga ulanganida unga kirish tizimini hech qachon ochiq qoldirmang. USB orqali quvvat olayotgan telefonga barmoq izlari skaneri orqali kirib-chiqish.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!