«Kasperskiy laboratoriyasi» ogohlantiradi: «Telegram endi xavfsiz emas!»

  •   DiMaX
  •  1429
  •  19.06.2021 11:56

«Kasperskiy laboratoriyasi» ogohlantiradi: «Telegram endi xavfsiz emas!»

Telegram messenjerining rossiyalik foydalanuvchilariga tarkibida ziyonkor dasturiy ta’minot mavjud bo‘lgan ommaviy tarqatmalar kelmoqda. Bu to‘g‘rida «Kasperskiy laboratoriyasi» ogohlantiryapti.

O‘QING: Xakerlar koronavirusdan foydalanib kompyuterlarga hujum qila boshlashdi!

Bunday xabarlar ko‘pincha noma’lum jo‘natuvchilardan keladi va ularga biriktirilgan fayllar xitoycha nomlangan. Bu iyerogliflar asosan «Salom», «To‘lovni qabul qilib oling» kabi ma’nolarni anglatadi. Bunday fayllar troyan bo‘lib, kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar ularni Gh0st viruslar oilasiga mansub, deb hisoblashadi.

Agar Telegram messenjeri (Telegram Desktop ilovasi) orqali kelgan shunday biror faylni Windows tizimli kompyuterda ochsangiz, troyan operatsion tizimga tushadi va chuqur o‘rnashib oladi. Mazkur dasturiy ta’minot Remote Admin Tool jihozlarining deyarli barcha jihozlari bilan qurollangan. «Kasperskiy laboratoriyasi» ekspertlarining ta’kidlashlaricha, bunday turdagi viruslar eng xavfli hisoblanadi; zero, ular xakerlarga kompyuteringizga kirishning keng imkoniyatlarini taqdim etadi.

Boshqacha qilib aytganda, bu virus kompyuteringiz boshqaruvini hech bir cheklovsiz boshqarish huquqini qo‘lga kiritadi. U tugmachalarning bosilishini, sichqoncha bilan chertishlarni hisoblashga qodir. Virus yaratuvchisiga kiberhujum qurbonining kompyuteriga masofadan ulanish imkonin beradi. Ilovalarning parollarini o‘g‘irlaydi va veb-kamera bilan ham ishlay oladi

Telegram orqali troyanlar hujumi 2020 yildayoq boshlangan, ammo aynan hozirga kelib ular keng tarqalmoqda. Mutaxassislar messenjerning Android, iOS yoki macOS tizimlariga mo‘ljallangan kliyentlarida bunday xavf borligini aytishmayapti. Troyanlar asosan Windows tizimli noutbuk va kompyuterlarga tahdid tug‘dirmoqda, demak – ushbu qurilmalar egalari yanada ehtiyotkor bo‘lishlari lozim. Ya’ni, begona kishilardan yoki kanallardan kelgan, guruhlarda tarqatilgan, g‘alati nomlardagi fayllarni kompyuterda umuman ochmang.

O‘QING: Smartfoningizda josuslik qilayotgan oltita antivirus

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!