«Katta iblis» laqabli Redmi K20 chindanam «kushanda» ekan: AnTuTu’da u salkam 460 000 ballik rekord qo‘ydi!

  •   DiMaX
  •  2340
  •  17.05.2019 08:56

«Katta iblis» laqabli Redmi K20 chindanam «kushanda» ekan: AnTuTu’da u salkam 460 000 ballik rekord qo‘ydi!

Xiaomi kompaniyasi marketing maqsadlarida o‘zining Mi 9 flagmanini «jangovar farishta» deya tavsiflagan, Redmi Note 7 modeliga esa «Kichkina King-Kong» deya laqab qo‘ygan edi.

O‘QING: Nihoyat, Redmi flagmanlari nomini Xiaomi rasman aytdi: ular «Qotil» ekan! (+narxi)

Kuni kecha esa hali taqdim etilmagan Redmi K20 flagmanlarining ham laqabini aytishdi – kompaniya ularni «Katta iblis» deyapti.

Kecha e’lon qilingan tizerga ko‘ra, «Katta iblis» laqabli Redmi K20 flagmani chindanam «iblislar qiroli» bo‘ladi:

Avvalroq hamyonbop brendning flagmani tezkorlikda hatto Mi 9 flagmanlaridan ustunligiga ishora qilishgandi. Keyinroq esa Xiaomi vitse-prezidenti Lyu Veybing (Lu Weibing) yangi uning samaradorlik ko‘rsatkichi o‘zini cho‘chitib yuborgani aytgandi.

O‘QING: Xiaomi’ning sakkiz yildan beri ishlayotgan eng birinchi smartfonini Redmi K20 Pro’da suratga olib ko‘rsatishdi!

Va nihoyat, Redmi K20 samaradorligini benchmarkda tekshirib, natijasini ko‘rsatishdi va u chindanam hayratga loyiq. Xiaomi prezidenti Lin Bin (Lin Bin) tomonidan Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilinga skrinshotga qarang:

Ko‘rib turganingizdek, AnTuTu servisida Redmi K20 flagmani deyarli 460 000 ballik natija ko‘rsatgan. Bu esa barcha smartfonsozlarning eng kuchli flagmanlari ham erisha olmagan rekorddir!

Aftidan, kompaniya eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessorining ham «siqib suvini chiqarish» yo‘lini topgan. Shuningdek, insayderlar tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Xiaomi o‘zining navbatdagi smartfonlarida Adreno 640 grafik protsessorini ini yanada tezkorroq ishlashga majbur etuvchi texnologiya qo‘llayapti. Redmi K20 flagmanlari ulardan birinchisi bo‘ladi va unda mazkur chipning maksimal chastotasi standart 585 o‘rniga 810 megagersga chiqadi.

«Flagmanlar kushandalari» – Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari, shuningdek, brendning ilk noutbuki – RedmiBook 14 shu kunlarda taqdim etiladi. Shu kungacha bozorga chiqqan ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Redmi 7, Mi Play va Redmi Note 7 arzonlashdi! Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2019 yil 13 may)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!