Katta sig‘imli akkumulyator va 48MP uchta kamerali Samsung Galaxy M21 2021 Edition smartfoni e’lon qilindi

Katta sig‘imli akkumulyator va 48MP uchta kamerali Samsung Galaxy M21 2021 Edition smartfoni e’lon qilindi

Samsung o‘zining Galaxy M21 smartfonini o‘tgan yili martda taqdim qilgan edi. Endi esa qurilmaning Samsung Galaxy M21 2021 Edition talqini chiqarildi.

O‘QING: Xiaomi endi Apple'ni ham ortda qoldirib, Samsung'ga raxna solmoqda

Galaxy M21 2021 Edition va o‘tgan yilgi model o‘rtasida katta farq yo‘q. Orqa panel biroz o‘zgartirilib, asosiy kamera sifatida Samsung'ning 48MP GM2 sensori qo‘yilgan. Smartfon Android 11 bazasidagi One UI 3.1 Core interfeysida ishlaydi. Bu One UI 3.1 ning biroz kuchsizlantirilgan talqinidir.

Qolgan texnik jihatlar o‘zgarmagan. Ya’ni smartfon Exynos 9611 SoC, 6,4" FullHD+ Super AMOLED ekran, 15 vattda quvvatlanuvchi 6,000 mAs akkumulyator va orqa panelga o‘rnatilgan barmoq izi skaneriga ega.

Selfi kamera 20MP rezolyusiyali bo‘lsa, orqa paneldagi asosiy kamera 48MP, ultrakeng kamera 8MP, sath kamerasi esa 5MP.

Samsung Galaxy M21 2021 Edition qurilmasi Charcoal Black va Arctic Blue ranglarida, ikki xil xotira konfiguratsiyasi — 4GB/64GB va 6GB/128GB talqinida mavjud. Narxi esa mos ravishda 170 va 195 dollar.

O‘QING: Samsung Galaxy M22'ning texnik jihatlari va renderlari sizdirildi