Kechagina sotuvga chiqqan iPhone 13 Pro hamda Pro Max smartfonlarining displeyidagi muhim funksiya ishlamayotganligi aytildi

Kechagina sotuvga chiqqan iPhone 13 Pro hamda Pro Max smartfonlarining displeyidagi muhim funksiya ishlamayotganligi aytildi

iPhone 13 seriyasi rasman 24 sentyabr, juma kuni sotuvga chiqarildi. Smartfonni sotib olgan xaridorlar ProMotion funksiyasi doimiy ishlamayotganligini payqashdi.

O‘QING: iPhone 13 seriyasining akkumulyator sig‘imi ma’lum bo‘ldi

iPhone 13 Pro va 13 Pro Max smartfonlarida Apple ProMotion displey funksiyasi bo‘lib, ular 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu xususiyat iPad Pro'larga 2017 yilda qo‘shilgan edi. Nihoyat, bu yildan iPhone'lar ham ushbu funksiyaga ega bo‘ldi.

iOS 15 tizimi barcha ilovalarda ProMotion funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq 9to5Mac ko‘plab ilovalar 120Hz chastotada ishlamayotganligi haqida xabar bermoqda.

Apple'ning birinchi tomon ilovalarida displey 120Hz da ishlamoqda. Muammo uchinchi tomon ilovalarida bo‘lmoqda.

Apple esa uchinchi tomon ilovalarining yaratuvchilariga 120Hz yangilanish chastotasini ilova qo‘llab-quvvatlashi uchun unga yangi info.plist kalitni qo‘shish kerakligini aytmoqda.

O‘QING: Apple iPhone 13 lineykasi, yangi iPad'lar va Watch Series 7 sotuvga chiqdi