«Kechiringlar»: Deputat onlayn yig‘ilishda yalang‘och holda «qatnashdi»

  •   DiMaX
  •  2365
  •  16.04.2021 10:11

«Kechiringlar»: Deputat onlayn yig‘ilishda yalang‘och holda «qatnashdi»

Avvalroq biz Zoom orqali sudda advokatlik qilgan mushuk ijtimoiy tarmoqlar qahramoniga aylangani videosini e’lon qilgan edik. Xabar.uz nashrining yozishicha, Kanadada onlayn tarzda o‘tkazilgan majlisda bundan ham qiziq, ammo noxush holat kuzatilgan.

O‘QING: Rim papasi akkauntidan model qizning erotik suratiga layk bosildi

Kanadalik deputat, Kvebek provinsiyasi Pontyak munitsipaliteti vakili Uilyam Amos Jamoalar palatasining onlayn yig‘ilishi paytida yalang‘och holda paydo bo‘ldi. Kadrlarda Amos Kanada va Kvebek bayroqlari orasida turib, mobil telefoni orqasiga yashiringan.

Keyinchalik deputat elektron pochta orqali «noxush xatosi» uchun hamkasblaridan uzr so‘radi.

«Jamoalar palatasidagi hamkasblarimdan chin dildan uzr so‘rayman. Yugurishdan keyin ish kostyumimni almashtirayotganimda videotranslyasiya tasodifan yoqildi. Bu boshqa takrorlanmaydi», – deb yozgan u.

Hamkasblari parlament vakilini kamera va kompyuter mikrofoni yonida hushyor bo‘lishga chaqirishdi.

O‘QING: Diniy saboq o‘rtasida porno-rolik namoyish etilgani uchun Zoom’ni sudga berishdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.