Kelajak buklamafoni va noutbuki ko'rsatildi

Kelajak buklamafoni va noutbuki ko'rsatildi

Bugungi kunga qadar biz turli xil buklanadigan, o'raladigan, kengayadigan smartfonlar konseptlarini ko'rdik, lekin bu hali hammasi emas ekan. Har yili bo'lib o'tadigan Displey Week (displeylar haftasi) da LG kompaniyasi o'zining 360 gradusga, ya'ni ichkariga ham tashqariga ham buklana oladigan OLED displeyini namoyish qildi.


Ochiq turgan holatida 8 dyuymni tashkil qiluvchi ekran kompaniyaga ko'ra 200,000 marta ochilib yopila olar ekan. Ultra ingichka oynadan foydalanib yaratilgan 2480 x 2200 rezolyutsiyaga ega displey barmoq izlariga qarshi material bilan ham qoplangan va bunda ekranda sizning barmoq izlaringizda saqlanib qolmaydi.


Bundan tashqari LG o'zining 17 dyuymli noutbuk displeyini ko'rsatdi va ha, albatta, unda jismoniy klaviatura mavjud emas.

O'QING: Haqiqiy yoki render? Bir qarashda ko'z ilg'amaydi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!