Kelajak flagmanlarining protsessori – Qualcomm Snapdragon 875 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1609
  •  06.05.2020 12:07

Kelajak flagmanlarining protsessori – Qualcomm Snapdragon 875 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi!

Xabaringiz borki, Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 platformasi hozirda eng kuchli Android-protsessor hisoblandi. To‘g‘ri, Xiaomi kompaniyasi kutilayotgan Mi 10S flagmanida hali taqdim etilmagan Snapdragon 865 Plus protsessorini qo‘llashi aytilgan. Lekin bu – norasmiy ma’lumot, hozircha esa...

O‘QING: Eng zo‘r protsessorli eng arzon 5G-flagman mutlaq rekord o‘rnatdi!

Bu orada insayderlar Qualcomm’ning navbatdagi flagman chipseti – Snapdragon 875 haqida ilk ma’lumotlarni tarqatishdi. 91mobiles nashri xabar berishicha, amerikalik chipsoz uni SM8350 kodli nomi ostida tayyorlamoqda. 5 nanometrlik texnologik jarayon bo‘yicha ishlab chiqilayotgan mazkur chipsetning asosini Kryo 685 yadrolari tashkil etadi.

Qualcomm Snapdragon 875 jamlanmasiga quyidagilar kiradi:

  • videolar uchun yangilangan Adreno 660 grafik tezlatgichi;
  • rasmlarni qayta ishlash uchun Spectra 580 moduli;
  • xavfsizlikni ta’minlash uchun Qualcomm SPU250 protsessori;
  • «sun’iy idrok» uchun mas’ul Adreno 665 chipi;
  • ma’lumotlar oqimini qayta ishlovchi Adreno 1095 moduli;
  • to‘rt kanalli LPDDR5 xotira kontrolleri;
  • Wi-Fi 6, mmWave va sub-6 tarmoqlarini qo‘llovchi Snapdragon X60 5G-modemi.

Snapdragon 875 protsessori Aqstic Audio Technologies WCD9380 va WCD9385 kodeklari bilan ham ishlay olishi aytilmoqda. Qualcomm mazkur mahsulotini hali 2020 yilning oxirlariga borib taqdim etadi.

O‘QING: iPhone 12’larning protsessori allaqachon Snapdragon 865’ni «yer tishlatdi»!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!