Kelajak hozirdan boshlanmoqda: dunyodagi ilk sun’iy odam bilan tanishing!

Kelajak hozirdan boshlanmoqda: dunyodagi ilk sun’iy odam bilan tanishing!

Ayni damda Las Vegasda bo‘lib o‘tayotgan CES 2020 texnologiya ko‘rgazmasida Samsung'ga qarashli Neon kompaniyasi dunyodagi birinchi «sun’iy odam»ini taqdim qildi. 

Neon o‘z mahsulotini «komputatsional usulda yaratilgan virtual mavjudot» deb izohladi. Ta’rifdagi «virtual» so‘ziga e’tibor bering: Neon'lar (ularni shunday nomlashdi) faqat virtual olamda mavjud — jismonan mavjud emas. Bu mavjudotlar insonlarning faqatgina yuqori rezolyusiyali monitirlarda mavjud nusxasidir. Biroq, Google'ning Assistant'i yoki Amazon'ning Alexa'si kabi ovozli yordamchilardan farqli ravishda Neon'lar insonlar bilan real muloqotga kirisha oladi; kulgu, g‘amxo‘rlik, xafalik va boshqa ko‘plab emotsiyalarni o‘zida namoyon qiladi. 

Haqiqiy insonlar bilan muloqot davomida javob berishidagi kechikish atigi bir necha millisoniyani tashkil qilgani bois ushbu sun’iy odam qaytaradigan barcha javoblar haqiqiy insonlarniki kabi chiqadi. 

Bundan tashqari, har bir Neon o‘ziga xos shaxsiyat va kasbga egaligi bilan unikal sanaladi. Bu virtual odamlar yoga instruktor, K-pop yulduzi, yangiliklar muxbiri, model va boshqa qator kasb egasi bo‘lishi mumkin. 

Har bir Neon'ni yaratishda ma’lum bir odamdan nusxa olinganga o‘xshasada, aslida bunday emas — ular to‘laqonli ravishda sun’iy bo‘lib, kompaniyaning CORE R3 deb nomlangan maxsus platfromasi algoritmlari asosida yaratilgan. CORE R3 nomidagi R3 ingliz tilida «R» harfi bilan boshlanuvchi uch so‘z: Reality (reallik), Real-time (real vaqt) va Responsive (javob qaytaruvchi, sezuvchan) so‘zlariga ishora qiladi. 

Neon kompaniyasi o‘zining sun’iy odamlari borasida ulkan rejalarni amalga oshirmoqchi.

O‘QING: CES 2020 tadbirida Samsung «sun’iy odam» taqdim etadi! (+rasmiy video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.