Kelajak mobil displeylari qanday bo‘lishi ko‘rsatildi

Kelajak mobil displeylari qanday bo‘lishi ko‘rsatildi

Xiaomi Mi Mix Alpha smartfoni uchun ekranlar va Xiaomi Mi Note 10'ga sharshara displeylar yetkazib beruvchi Visionox kompaniyasi Xitoyning Anhui provinsiyasining Xefey shahrida o‘tkazilgan uch kunlik tadbirda ba’zi qiziqarli prototiplarni namoyish etdi.

Birinchidan, Visionox rulonga aylanadigan o‘zining moslashuvchan AMOLED panelini namoyish etdi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, ayrim vaziyatlarda mobil qurilmaning maydoni o‘ralgan kostruksiya maydonidan ham ko‘proq qisqarishi mumkin.Ammo shu narsa aniqki, ushbu texnologiya real mahsulotga aylanishi uchun hali ancha vaqt kerak. Gap shundaki, ko‘rgazmada ishlab chiqaruvchi faqat displeyning o‘zini namoyish qildi, xolos. U hatto biron bir prototip korpusiga o‘rnatilmagan ham.

Bundan tashqari, Visionox, shuningdek, Motorola Razr 2019 bilan deyarli bir xil tarzda yig‘iladigan kamera smartfonini namoyish etdi. Asosiy farq shundaki, yig‘ilayotganda oldingi panel oddiy smartfonning orqa paneliga o‘xshaydi. Bu paytda esa foydalanuvchilarda qo‘shimcha ekran bo‘lmaydi.

Yig‘iluvchi smartfon 6,47 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. Visionox'ning qo‘shimcha qilishicha, smartfon ochilgan paytda markazdagi chiziqlar sezilmaydi. Telefon old kamera uchun tomchi shaklidagi tiriqish bilan jihozlangan va yig‘ilganda qalinligi 13,3 mm ni tashkil qiladi.Va nihoyat, Visionox deyarli ramkasiz smartfonni namoyish etdi. Telefon pastki qismida kengligi 1,5 mm bo‘lgan kichkina hoshiya va boshqa uchta tomondan 0,7 mm kenglikdagi bir tekisdagi rom chiziqlarga ega. Ekran old panelning 96,57 foizini egallaydi.

O‘QING: Samsung Galaxy S11: taqdimot sanasi, displey va kameralarning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!