Kelajakda iPhone’lar ham teshikli ekranga ega bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  765
  •  12.11.2018 18:18

Kelajakda iPhone’lar ham teshikli ekranga ega bo‘ladi!

Apple o‘zining yubiley superflagmanida displeyni «kemtik»li qilgach, boshqa smartfonsozlar ham unga ergasha boshlagandi. Uning «ashaddiy raqibi» esa o‘ziga old kamerani joylash uchun xos boshqa yo‘l topdi.

O‘QING: Galaxy S10 ekrani teshikli ekan! Uni Galaxy S9 va iPhone XS Max bilan solishtiramiz (+«jonli» surat)

Bu g‘oya Apple’ga ham yoqib qolgan ko‘rinadi – kupertinolik gigant ham tirqishli ekran uchun patent oldi. Unda kamerani himoya shishasiga integratsiya qilish texnologiyasi va usullari aks ettirilgan.

Chizmalarga ko‘ra, tirqish ekran tepa qismining o‘rtasida emas, balki burchaklaridan birida bo‘ladi. To‘g‘ri, bu hali hozircha faqatgina patent, shunday ekan, tirqishli ekranga ega iPhone yaqin orada chiqmaydi.

Shuningdek, patent tavsifida ko‘rsatilishicha, bu texnologiya turli xil qurilmalarda qo‘llanishi mumkin. Jumladan, «aqlli» ko‘zoynaklar, telefonlar va hatto televizorlarda ham. Ammo birinchi suratlarda aynan smartfon aks ettirilgan va tirqishli ekranga ayni shu gadjet ilk talabgorlardan bo‘lishi tabiiy.

Hozirgacha chiqqan aksariyat rusumlardagi ayfonlarni esa 4 289 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Ikkita SIM-kartali va oddiy iPhone’larni Terashop.uz’dan oling (2018 yil 5 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!