Kelajakda iPhone'lar pasport va haydovchilik guvohnomasi o‘rnini bosishi mumkin

Kelajakda iPhone'lar pasport va haydovchilik guvohnomasi o‘rnini bosishi mumkin

Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari foydalanuvchi opzi bilan olib yuradigan yagona buyumga aylanishini xohlaydi va bu borada doim izlanishda. Kupertinoliklar endilikda iPhone'lar pasport, haydovchilik guvohnomasi va shu kabi moddiy ko‘rinishdagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar o‘rnini boshishini xohlab qoldi. Bu haqda ApppleInsider nashri xabar bermoqda.

Yaqinda Apple o‘z smartfonlari bilan avtomobil kalitlariga ehtiyoj qoldirmaslik rejasi haqida ma’lum qilgandi. Ta’kidlash kerak, iPhone'lar chiqqanidan beri ko‘pchilikning kundalik daftar, fotokamera, ruchka va hatto oyna olib yurishiga hojat qolmadi. Bu ro‘yxat yana davom etishini xohlayotgan Apple kutubxona kartasi va boshqa ID kartalarga nuqta qo‘yish payiga tushgan.

Kompaniya tomonidan patentlash uchun berilgan va bir-biridan biroz farqlanuvchi hujjatlarning barchasiga «Foydalanuvchi shaxsining tasdiqlangan da’volarini taqdim etish» deb nom qo‘yilgan. Ushbu patentlarda foydalanuvchi ID sini saqlash, uzatish va tasdiqlash imkonini beruvchi usullar haqida batafsil tushuntirilgan. Patent hujjatida Apple «iPhone» so‘zini bir marta ham ishlatmagan, ammo istalgan texnologiya o‘rnini bosa oluvchi qurilma (ya’ni smartfon) ga juda ko‘p o‘rinda ishora qilgan.

«Tasdiqlangan identifikatsiyadan foydalanish tizimiga ega qurilmada tasdiqlangan identifikatsiyani olish va qurilma foydalanuvchisini aniqlash uchun kamida bitta maxsus protsessor bo‘ladi», deyiladi patentlarning birida.

Yuqoridagi ta’rifga ko‘ra, iPhone kabi qurilma foydalanuvchi identifikatsiyasi haqidagi ma’lumotni ishonchli ravishda uzatishi mumkin bo‘ladi. Agar qurilma foydalanuvchisi shaxsi allaqachon tasdiqlangan bo‘lsa — aytaylik, Apple Watch’dagi biometrik sensorlar yordamida — jo‘natilayotgan ID ham tasdiqlanadi.

Apple'ning patentida, asosan, pasportlar nazarda tutilgan bo‘lishiga qaramay, bunday tizim ko‘plab shaxsiy hujjatlarni tasdiqlashda qo‘llanilishi mumkin.

«Bu foydalanuvchiga shaxsni tasdiqlash uchun raqamli identifikator bo‘lib xizmat qiluvchi tasdiqlangan ma’lumot (masalan, foydalanuvchi tomonidan taqdim qilingan va bir necha tizimlar tasdig‘idan o‘tgan ma’lumot) ni [сервердан] olish imkonini beradi va bu ma’lumotlarni turli servis provayderlari qayta ishlatishi mumkin bo‘ladi», deb tushuntiriladi hujjatda.

Taqdim qilingan beshta patentda ma’lumot qanday qilib xavfsiz ravishda uzatilishi mumkinligi borasidagi texnik ma’lumotlar keltirilgan. Patentlarning beshalasida ham oltita ixtirochi nomi keltirilgan. Ular orasida, jumladan, «Qurilmaning mustaqil protsessori vositasida ma’lumotni tasdiqlash» deb nomlangan o‘xshash patentlarga egalik qiluvchi Kristofer Sharp va Jianpaolo Fasolilar nomi ham bor.

O‘QING: iPhone 12 hatto iPhone SE 2’dan ham ixcham, iPhone 11’dan ham arzon bo‘ladi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.