Kelajakdagi Huawei smartfonlari yanada chidamli bo‘ladi!

Kelajakdagi Huawei smartfonlari yanada chidamli bo‘ladi!

Zamonaviy foydalanuvchilar baxtiga qarshi, so‘nggi yillarda, smartfon ishlab chiqaruvchilar akkumulyator sig‘imi 3 000 mA/soatlik qurilmalar chiqarishni kelishib olishgan edi. Quvvatlanish darajasi haqida ham xuddi shuni aytish mumkin: ular ko‘pincha 10-15 vatt dan oshmaydi. Xabarlarga ko‘ra, Huawei kompaniyalar “kartel“idan chiqishga va o‘yin qoidalarini o‘zgartirishga qaror qilgan.Internetda Huawei bo‘lajak smartfonlariga ommaviy ravishda o‘rnatmoqchi bo‘lgan akkumulyatorning rasmi paydo bo‘ldi. Aftidan, Huawei va Honor bo‘lajak qurilmalarining aksariyat qismi 4 100 mA/soatlik akkumulyatorlar bilan jihozlanadi. Kompaniya yildan yilga energiya tejamkor protsessorlarini mustaqil ravishda ko‘proq ishlab chiqarayotganini hisobga olib xulosalash mumkinki, Xitoy gigantining bo‘lajak smartfonlari o‘zining ancha sezilarli avtonomiyasi bilan maqatana oladi. Qo‘shma Shtatlar tazyiqi ortgani sari kompaniya smartfonlarini yanada kuchaytirilgan akkumulyatorlar bilan chiqarishga qaror qilgan ko‘rinadi. Bu smartfonlarida Google xizmatlari mavjud emasligining o‘rnini qoplash va yevropalik mijozlarni jalb qilishning eng yaxshi usulidir.

Qodirov Husan tayyorladi.

O‘QING: Huawei Kirin 1000 chipi ustida ishlayotgani xabari berilmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!