Kelasi yildan barcha Galaxy A seriyasi smartfonlari flagmanlarda bo‘ladigan texnologiya bilan jihozlanadi

Kelasi yildan barcha Galaxy A seriyasi smartfonlari flagmanlarda bo‘ladigan texnologiya bilan jihozlanadi

Samsung kompaniyasi Galaxy A52 hamda A72 kabi o‘rta toifadagi smartfonlarning asosiy kamerasiga optik tasvir barqarorligi texnologiyasini o‘rnatgan edi.

O‘QING: 5G tarmog‘iga ega bo‘lgan eng arzon Galaxy smartfoni chiqmoqda

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung 2022 yilda ishlab chiqariladigan barcha A seriyadagi smartfonlarni OIS texnologiyasi bilan ta’minlaydi. OIS texnologiyasi asosan flagman smartfonlarda bo‘lar edi. Endi esa u hamyonbop smartfonlarda ham qo‘llaniladi.

Agar Samsung ushbu xabarni tasdiqlasa, Xiaomi taqdim etayotgan o‘rta toifadagi smartfonlar bilan Galaxy hamyonbop smartfonlari o‘rtasida katta raqobat yuzaga keladi. Odatda o‘rta toifadagi Galaxy smartfonlari nisbatan xuddi shu turga mansub bo‘lgan Xiaomi smartfonlaridan qimmatroq bo‘ladi. Biroq optik tasvir barqarorligi bilan Galaxy smartfonlari suratga olish sifati bo‘yicha ustunlikka ega bo‘ladi.

Ammo bu hali tasdiqlanmagan ma’lumot, shuningdek, OIS nima ekanligini biladigan hamda uning muhimligiga qarab smartfon tanlaydigan insonlar kamchilikni tashkil qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, agar kameraga optik tasvir barqarorligi texnologiyasi qo‘shilsa, bu kamera narxini 15 foizga, smartfon narxini esa 3 foizga oshiradi.

O‘QING: Samsung Galaxy S22'lar ertaroq taqdim qilinishi mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!