Kelasi yilning smartfonlarini kelasi haftada IFA 2018 xalqaro ko‘rgazmasida ko‘ramiz

  •   Saroy
  •  943
  •  28.08.2018 12:06

Kelasi yilning smartfonlarini kelasi haftada IFA 2018 xalqaro ko‘rgazmasida ko‘ramiz

31 avgustdan 5 sentyabrgacha Germaniyaning Berlin shahrida IFA 2018 maishiy elektronika mahsulotlarining yirik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Albatta ko‘rgazma  yangiliklarga boy bo‘ladi, chunki ushbu tadbirga yuqori texnologiyalar sohasida javlon urayotgan dunyoning eng ilg‘or ishlab chiqaruvchilaridan tortib, endi bozorga kirib kelayotgan kompaniyalargacha o‘z mahsulotlari bilan kelishadi. Hozircha, gigant ishlab chiqaruvchilar qanday smartfonlarini ko‘rgazmada namoyish qilishni mo‘ljallayotgani haqida ayrim ma’lumotlarni berib o‘tamiz.

Yaqindagina yaponiyaliklar  Xperia XZ2 va  XZ2 Compact modellarini namoyish qilgandi. Biroq ularning relizi jurnalistlar va iste’molchilarning e’tiborini unchalik qozona olmadi. Keyin XZ2 Premium  paydo bo‘ldi. Bunisi haqiqatan ham kuchli apparat, ammo ishlab chiqaruvchi qurilmaning narxini haddan ziyod oshirib yuborgan. Masalan, Rossiyada u  80 ming ming rubl turadi. Bu hatto oxirgi  iPhone’dan ham qimmat.

Ayrim insayderlarning ishonch bilan ta’kidlashicha, Sony xatosini to‘g‘rilashga va lineykasining davomini IFA 2018 ko‘rgazmasida namoyish qilishga bel bog‘lagan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, avgust oyi oxirida biz ehtimol  Xperia XZ3 va uning «ukasi» XZ3 Compact’ning diydori bilan tanishamiz.

O‘QING:CES 2018: Sony "o‘tkir ko‘z" Xperia'larni taqdim qildi

Qay darajada kuchli: XZ3  5,7-dyuymli  Full HD+ (1080×2160 tochek) formatli ekran bilan ta’minlanadi, Snapdragon 845 va  6 GB tezkor xotira flagmanning ustun tomonlaridan hisoblaydi.

Orqa panelda ishlab chiqaruvchi ikkitalik kamera o‘rnatadi, uning formati 19 va 12 megapiksel. Devaysning narxi ming dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Ko‘plab mish-mishlar Huawei smartfonlariga ham tegishli bo‘lmoqda. Gap-so‘zlarga qaraganda, Ko‘rgazmada Xitoyning mazkur kompaniyasi yangi Mate 20 flagman smartfonini namoyish qilishni ko‘zlab turibdi. Qurilmaning fotasurati allaqachon tarmoqlarda sayr qilmoqda, shunday ekan uning yaqin kunlarda namoyish qilinishiga shubha yo‘q.

Insayderlarning ta’kidlashicha, devays ulkan 6,3-dyuymli formati Full HD+ bo‘lgan ekranga va 6 Gbayt tezkor xotiraga ega  bo‘ladi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar ekran ostiga barmoq izlari skanerini va yuzni taniydigan datchikni o‘rnatishi mumkin. Qurilma  555 funt sterling atrofida baholanmoqda. U bilan yana «ukasi» — Mate 20 Lite ham chiqishi kerak.

O‘QING:23 iyuldagi taqdimoti bilan Huawei yana bitta «inqilob» qilmoqchi!

Qay darajada kuchli? Qurilimaning eng qiziq jihati, uning ichki kameralarga egaligi, bu kameralar o‘ziyam, naq uchtaligi. Agar P20 Pro telefonida asosiy sensorlar bir qator joylashtirilgan bo‘lsa, bu yerda ular kvadrat shaklda joylashtirilgan (to‘rtinchi yacheyka — bu  svetodiodli chaqnoq).

Huawei Mate 20 7 nanometrli texnologiya jarayonidagi Kirin 980 bazasida ishlaydigan ilk qurilma bo‘lishi mumkin. Kompaniya mazkur chipsitni ham ko‘rgazmada namoyish etsa mantiqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lardi. Chunki ko‘rgazma mehmonlari uning yangi flagmandagi ishlash imkoniyatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan bo‘lardi.

Yana nimalar namoyishga qo‘yilar ekan?   Janubiy Koreyalik kompaniyalar ham  IFA 2018 ko‘rgazmasida o‘zlarining yangi texnikalarini namoyish etishi targan gap. Smartfonlarga kelsak, kichik ehtimol bilan LG o‘zining bittaginpa gadjetini olib keladi. Mazkur lineyka IFA 2017 ko‘rgazmasida ham namoyish qilingan edi. Gap  LG V40 telefoni haqida  ketmoqda.

O‘QING:LG Q7: jihatlar flagmanga xos, narx esa ommabop

Shunchalik zo‘rmi? Mish-mishlarga qaraganda  LG V40  naq  beshta kamera bilan jihozlanishi mumkin. Uchta kamera asosiy va ikkitasi old kamera bo‘ladi. Oxirgisi nafaqat fotosurat yaratishga, balki yuzni tanish tizimiga ham ega bo‘ladi.

Qurilma haqida boshqa xabarlar hozircha berilmayapti. Faqat bir narsa ma’lum: telefon qimmat Snapdragon 845 protsessori bilan ta’minlanadi. Qurilmaning  tashqi ko‘rinishi esa  LG G7 dizaynidan unchalik farq qilmaydi.

 

HTC kompaniyasi ham ko‘rgazmada fanatlarini yangi  U12 Life bilan xursand qilmoqchi.

O‘QING:HTC smartfon ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi

Nimasi zo‘r?  Keling, gapni cho‘zmasdan yangi qurilmaning imkoniyatlariga o‘tib qo‘ya qolaylik: Formati 6-dyuymli  2160×1080 ekrani bilan ta’minlangan. Devaysning ishlashi uchun Snapdragon 636 va 4 Gbayt tezkor xotira javob beradi. Ichki xotira sig‘imi 64 Gbayt bo‘lib,  microSD-kartochkasi yordamida uni oshirish imkoniyati ham mavjud. Bundan tashqari, qurilma 16 hamda 5 megapikselli ikkitalik kameraga ham ega bo‘ladi.

Yana shu narsa ham ma’lumki, smartfon eskirgan OS Android 8.1’ da ishlaydi. Nima uchun aynan ushbu operatsion tizim – tushunish qiyin. Ehtimol, uni relizdan keyinoq  «to‘qqizlik» gacha yangilamoqchidir. Nima bo‘lganda ham kutamiz.

Shunday yirik xalqaro ko‘rgazma bo‘ladiyu, xitoylik gigant ZTE kompaniyasi ishtirok etmay qoladimi? Amerikada biroz "charchagan" ZTE Yevropada hali nimaga qodirligini ko‘rsatmoqchi. Ko‘rgazma ishtirokchilari kompaniyaning Axon 9 va Axon 9 Pro smartfonlarini ko‘rib hayratini yashira olmasa kerak. Qolaversa kompaniya allaqachon yangi qurilmalarining rasmiy tizerini chiqargan.

O‘QING:ZTE Axon 9 Pro smartfonining ilk fotosuratini namoyish qildi

Qanchalik kuchli? Nashr qilingan fotosuratga ishonadigan bo‘lsak, yangi qurilma yakka qoshli bo‘lishi kutilmoqda (iPhone X’dan qayeri kam). Bundan tashqari, ikkala telefon ham ikkitalik asosiy kamera hamda barmoq izlari skaneri bilan ta’minlanadi, ular orqa panelda joylashadi. Insayderlar Snapdragon 845 chipi haqida ham ma’lumot berishdi.

Afsuski, dunyo yuzini ko‘rayotgan ushbu modellar haqidagi bor ma’lumot hozircha shular. Katta ehtimol bilan, qolgan jihatlari haqida Axon 9 va Axon 9 Pro’ning taqdimotida bilib olamiz. Juda oz vaqt qoldi.

Xitoyning yana bir mashhur brendi o‘zini ko‘rsatmoqchi.   Shunday gaplar yuribdiki, Motorola ham fanatlarini yangi qurilmasi bilan xursand qilishga shaylangan. Xursandchilik mazkur ko‘rgazmada uyushtiriladi. Tarmoqlarda toza Android’da ishlaydigan Motorola One smartfonining taqdimoti haqida gap-so‘zlar tarqalgan.

O‘QING:Motorola’dan yangi smartfon: qanday nom oladi?

Nimasi bilan maqtana oladi?  GeekBench benchmark natijalari ko‘rsatishicha, qurilmaga  Snapdragon 625 va  4 GB tezkor xotira o‘rnatiladi. Test vaqtida yangi qurilma Android 8.1 boshqaruvi ostida ishladi, ammo relizgacha unga yanada yangiroq operatsion versiya o‘rnatilishi mumkin. 

Muxtasar qilib aytganda, Motorola IFA 2018 ko‘rgazmasida o‘zining One Power deb nom berilgan yanada kuchli devaysini ham namoyish etadi.  Ammo, ushbu qurilma haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, ammo avgustning so‘nggi sanasigacha biror bir ma’lumot paydo bo‘lishi kutilmoqda.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!