Kelayotgan yilning boʻlgʼusi flagman protsessori benchmarkda “imtihon topshirdi”

Kelayotgan yilning boʻlgʼusi flagman protsessori benchmarkda “imtihon topshirdi”

Ushbu SoC kelasi yilning birinchi yarmida aksariyat flagman smartfonlarda qo'llaniladi.

Samsung kompaniyasining yangi mahsulotlari haqida tez-tez aniq ma'lumotlarni e'lon qiladigan nufuzli Ice Universe insayderi yuqori darajadagi Qualcomm Snapdragon 898 monokristal tizimining sinov natijalarini e'lon qildi.

Qualcomm kompaniyasining joriy yilning dekabr oyida taqdim etilishi kutilayotgan Snapdragon 898 mobil platformasi kelasi yilning birinchi yarmida ko‘pchilik flagman smartfonlarda qo‘llaniladi. Bir yadroli rejimda Qualcomm Snapdragon 898 taxminan 1200 ball to'pladi va barcha yadrolardan foydalanganda natija taxminan 3900 ballni tashkil etdi.

Oldin e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, Qualcomm Snapdragon 898 mobil platformasi Samsung kompaniyasining 4 nm texjarayondan foydalangan holda ishlab chiqariladi. U uchta klasterli arxitekturadan foydalanadi: katta Cortex-X2 yadrosi 3,0 gigagertsli chastotada, uchta Cortex-A710 yadrosi 2,5 gigagertsli chastotada va to‘rtta kichik Cortex-A510 yadrosi 1,79 gigagertsli chastotada ishlaydi.

Xiaomi Snapdragon 898 smartfonini qoʼllagan birinchi ishlab chiqaruvchi boʼlishi aytilmoqda. Xiaomi smartfoni joriy yilning dekabr oyida taqdim etilishi kerak. Biroq, endi Lenovo Motorolaning yangi flagmani bilan birinchi bo'lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.