Keleslik bolaning kompyuter o‘ynashi uning ota-onasiga o‘ta qimmatga tushdi!

  •   DiMaX
  •  1861
  •  31.03.2021 15:17

Keleslik bolaning kompyuter o‘ynashi uning ota-onasiga o‘ta qimmatga tushdi!

2021 yil 21 mart kuni voyaga yetmagan 2005 yil tug‘ilgan, Toshkent viloyati Toshkent tumanning Keles shahrida yashovchi K.Sh. qing‘ir ishga qo‘l urdi. Bunga uning Keles shahrida joylashgan kompyuter o‘yinlari xonasida o‘ynab o‘tirib, o‘ynash uchun puli tugab qolgani sabab bo‘ldi, deb yozadi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi.

O‘QING: Toshkentda selfi qilmoqchi bo‘lgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini 27 ming volt tok urdi

Unga yana o‘yin o‘ynash uchun 10.000 ming so‘m pul kerak bo‘ldi. Shunda u o‘ylab o‘tirmasdan, to‘g‘ri o‘yin xonadan chiqib, temir yo‘l relslari yoniga bordi. Shu yerga o‘rnatilgan bir dona «UPM24-4» rusumli, umumiy narxi 1460960.00 so‘m bo‘lgan kabel muftalarini bog‘lab turuvchi qurilma qutini yerdan sug‘urib oldi va olib ketmoqchi bo‘ldi.

Lekin qutining ichidagi simlar unga xalaqit qildi. Simlarni kesib tashlash niyatida shu yaqin orada yashovchi tanishi – 2004 yil tug‘ilgan U.K.dan yordam so‘radi. Ikki tanish qo‘llarida bolta bilan temir yo‘l ustiga chiqib, «UPM-4» rusumli qutini va «UKM 12-4» umumiy narxi 624565.00 so‘m bo‘lgan boshqa bir qutini buzib olishdi hamda shu yaqin oradagi ikkilamchi qora metallarni qabul qilib olish punktiga borishdi. Punkt qorovuli ushbu qurilmalarning 28 kilogramm chiqqanligini va narxi 41 ming so‘m bo‘lishini, pulini esa ertasi kuni berishini aytdi.

Ushbu holat yuzasidan «Keles» bekatida sohaviy xizmat xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor profilaktik tadbir natijasida bolalarning qing‘ir ishlari o‘z vaqtida fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganlarning qonuniy vakillariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Toshkent viloyati voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo Toshkent tumani komissiyasiga yuborildi.

Endi voyaga yetmaganlarni ota-onalari farzandlari tomonidan «Toshkent signallashtirish va aloqa distansiyasi» korxonasiga yetkazilgan 946886.32 so‘m zararni to‘lash va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasidagi huquqbuzarlik yuzasidan javob berishi kerak bo‘ladi.

O‘QING: Chirchiqdagi fohishaxona ijtimoiy tarmoqda reklama qilingan

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!