Keramik Xiaomi Mi MIX 4’ni ilk bor har ikki tomonidan rasman ko‘rsatishdi! (+GeekBench natijasi)

  •   DiMaX
  •  1241
  •  07.08.2021 13:56

Keramik Xiaomi Mi MIX 4’ni ilk bor har ikki tomonidan rasman ko‘rsatishdi! (+GeekBench natijasi)

Xiaomi korporatsiyasi kecha Mi Mix 4 smartfonining bnrinchi rasmiy tizerida uning namoyish kunini e’lon qilgan. Shuningdek, bu flagmanning displeyi qoq markaziga ham allaqanday datchik o‘rnatilayotganini ko‘rsatuvchi «jonli» surat ham tarqalgan. Bulardan tashqari...

O‘QING: Allaqachon do‘konga chiqqan Mi Mix 4’ning ishlayotgan holdagi qayishqoq ekranini «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

Ishonchli insayder Ice Universe e’lon qilishicha, ushbu smartfonning orqa paneli keramikadan ishlangan. Endi esa Weibo tarmog‘ida Xiaomi Mi MIX 4 rasmiy posteri aks ettirilgan fotosurat tarqaldi. Uni Xitoy savdo markazlaridan birida rasmga tushirishgan.

Ko‘rib turganingizdek, mazkur flagmanning romsiz displeyida old kamera uchun tirqish yoki kemtik yo‘q – unda ekranosti selfi sensori qo‘llangan.

Smartfonning orqa panelidan ancha bo‘rtib chiqqan bosh kamerasi esa uchta datchikdan iborat, asosiy sensor o‘ta yirik, bittasi esa periskop moduldir.

O‘QING: Egalari rozi bo‘lgan smartfonlar reytingida kutilmagan o‘zgarish! (AnTuTu, 2021 yil iyul)

Taniqli insayder Digital Chat Station esa Xiaomi Mi Mix 4 flagmanining GeekBench servisidagi testi natijasi aks etgan ma’lumotni tarqatdi. 2106118C model raqami ostida tekshirib ko‘rilgan qurilma yakka yadroli imtihonda 863 ball olgan bo‘lsa, barcha yadrolarini ishlatganida 3181 ball to‘plagan.

Benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan qaydlarga qarab, Xiaomi Mi Mix 4 protsessori haqida ham xulosa chiqarish mumkin. Uning eng yuqori takt chastotasi 3 gigagersni tashkil etishidan kelib chiqsak, bu yerda Qualcomm Snapdragon 888 Plus chipseti haqida gap ketmoqda.

O‘QING: TOP-10: Hamyonbop smartfonlarning eng zo‘rlari (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyul)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!