Kesh nima?

Kesh nima?

Uyali telefonlar va tarmoqlarda «kesh» (ing. cache) atamasi, odatda, telefon yoki tarmoqdagi yaqin kelajakda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning nusxalarini saqlaydigan xotira maydonini anglatadi. Bu bilan veb-sahifalar va ilovalarga tezroq kirish mumkin bo‘ladi.

Masalan, telefoningizda veb-sahifaga kirganingizda, uning nusxasi telefonning kesh xotirasida saqlanishi mumkin. Agar o‘sha sahifa qayta so‘ralsa, sahifaning internetdan qayta yuklab olinishini kutish o‘rniga, sahifa darhol keshdan ko‘rsatilishi mumkin.

Shunday qilib, elektron keshdagi ma’lumot tezkor kirish uchun axborotning ikkilamchi nuxsasi hisoblanadi.

O‘QING: Megapiksel nima?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!