KFC bioprinterda iste’mol uchun tovuq go‘shtli qalamchalar chop etmoqchi

  •   DiMaX
  •  496
  •  21.07.2020 16:03

KFC bioprinterda iste’mol uchun tovuq go‘shtli qalamchalar chop etmoqchi

Keyingi paytlarda 3D-printer yordamida turli detallarni chop etish avj olgan. KFC tezkor ovqatlanish tarmog‘i esa yanada ilgarilab ketdi: «Biz naggetslarni bioprinterda chop etishni boshlaymiz», deyiladi uning matbuot xizmati xabarida.

O‘QING: 3D-printerda tarixdagi eng yirik ob’yektni chop etishdi! (+video)

Qayd etilishicha, ushbu naggetslar (tovuq go‘shtli qalamchalar) laboratoriya sharoitida bioprinter orqali yaratilgan ilk oziq-ovqat mahsuloti bo‘ladi. Sinov shu yilning kuzida Moskvada o‘tkaziladi.

Ta’kidlanishicha, bioprinterda chop etilgan naggetslar tashqi ko‘rinishi va ta’mi bo‘yicha asl mahsulotga maksimal darajada yaqin va ekologik toza hisoblanadi.

Loyihada KFC hamkori bo‘lgan «3D Bioprinting Solutions» kompaniyasi tovuq go‘shti va o‘simlik xom ashyosidan foydalangan holda naggetslar chop etuvchi 3D bioprinting texnologiyasini ishlab chiqadi.

O‘QING: Ilmda inqilob: Isroilliklar 3D-printerda odam to‘qimasidan jonli yurak chop etishdi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!