Kichik flagmanlar jangi — qay biri g‘olib bo‘ladi?

Kichik flagmanlar jangi — qay biri g‘olib bo‘ladi?

Bu yil Samsung kompaniyasi yangi uchta Galaxy S21, S21 Plus va S21 Ultra flagmanlarini taqdim etgan bo‘lsa, Xiaomi kompaniyasi Mi 11, Mi 11 Pro va Mi 11 Ultra smartfonlarini taqdim etdi. Xitoyning yana bir kompaniyasi OnePlus esa OnePlus 9 va OnePlus 9 Pro smartfonlarini sotuvga chiqardi.

Bugungi qiyosimizda ushbu uchala kompaniyalarning kichik flagmanlari, ya’ni Galaxy S21, Mi 11 va OnePlus 9 smartfonlarini taqqoslaymiz.

O‘QING: 400 dollargacha bo‘lgan smartfonlar: qaysi birini sotib olgan yaxshi?

Korpus

Samsung Galaxy S21

O‘lcham: 151.7 x 71.2 x 7.9 mm.

Og‘irligi: 169 g

Himoya: old shisha (Gorilla Glass Victus), orqa panel plastik, alyuminiy rom; IP68 standarti.

Xiaomi Mi 11

O‘lcham: 164.3 x 74.6 x 8.1 mm (shisha qoplamali), 8.6 mm (charm qoplamali).

Og‘irligi: 196 g (shisha qoplamali), 194 g (charm qoplamali).

Himoya: old shisha (Gorilla Glass Victus), orqa panel shisha (Gorilla Glass 5) yoki ekocharm, alyuminiy rom.

OnePlus 9

O‘lcham: 160 x 74.2 x 8.7 mm

Og‘irligi: 192 g

Himoya: old shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel shisha (Gorilla Glass 5) plastik rom.

Bu yerda OnePlus 9 va Mi 11'da farqli o‘laroq, Galaxy S21 suv va changdan himoyalaydigan IP68 standartiga ega. Shuningdek, Mi 11 va Galaxy S21'larning romi OnePlus 9'dan farqli ravishda, alyuminiydan ishlangan. Mi 11 orqa peneli esa shisha yoki ekocharm bilan qoplangan.

Galaxy S21 - 1 ball

Mi 11 - 1 ball

OnePlus 9 - 0 ball

Displey

Samsung Galaxy S21 

6.2 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, 1300 nit yorqinlik, 1080x2400p rezolyutsiya, 421ppi zichlik.

Xiaomi Mi 11

6.81 dyuymli AMOLED displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, 1500 nit yorqinlik, 1440x3200p rezolyutsiya, 515ppi zichlik.

OnePlus 9

6.55 dyuymli Fluid AMOLED displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, 1100 nit yorqinlik, 1080x2400p rezolyutsiya, 402ppi zichlik.

Mi 11'ning displey rezolyutsiyasi va yorqinligi o‘z raqobatchilarinikdan ko‘ra yuqoriroq. Galaxy S21'ning displeyi yesa bu borada OnePlus 9'nikidandan biroz yaxshiroq.

Galaxy S21 - 2 ball

Mi 11 - 3 ball

OnePlus 9 - 1 ball

OT/Dasturiy ta’minot

Samsung Galaxy S21

Android 11, OneUI 3.1.

Xiaomi Mi 11

Android 11, MIUI 12.5.

OnePlus 9

Android 11, OxygenOS 11.3.3.

Turli foydalanuvchilarga turli xil turdagi interfeyslar qulay bo‘lgani uchun ushbu bosqichda smartfonlarga ball berilmaydi.

Chipset

Samsung Galaxy S21

Exynos 2100 (5 nm), sakkiz yadroli (1x2.9 GHz Cortex-X1 & 3x2.80 GHz Cortex-A78 & 4x2.2 GHz Cortex-A55) Mali-G78 MP14.

Xiaomi Mi 11

Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm), sakkiz yadroli (1x2.9 GHz Cortex-X1 & 3x2.80 GHz Cortex-A78 & 4x2.2 GHz Cortex-A55) Mali-G78 MP14.

OnePlus 9

Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm), sakkiz yadroli (1x2.9 GHz Cortex-X1 & 3x2.80 GHz Cortex-A78 & 4x2.2 GHz Cortex-A55) Mali-G78 MP14.

Mi 11 va OnePlus 9 Snapdragon 888 chipida ishlasa, Samsung xalqaro bozor uchun ishlab chiqarilgan Galaxy S21'larga Exynos 2100 chipini o‘rnatadi. Ushbu chipning unumdorligi Snapdragon 888 chipi bilan deyarli bir xil. Shuningdek, S21'ning Snapdragon 888 chipida ishlovchi talqini ham mavjud.

Galaxy S21 - 1 ball

Mi 11 - 1 ball

OnePlus 9  - 1 ball

Xotira

Samsung Galaxy S21

8/128GB, 8/256GB; UFS 3.1

Xiaomi Mi 11

8/128GB, 8/256GB, 12/256GB; UFS 3.1

OnePlus 9

8/128GB, 12/256GB; UFS 3.1

OnePlus 9 va Mi 11'ning S21'dan farqli o‘laroq, 12/256GB lik versiyalari ham bor.

Galaxy S21 - 0 ball

Mi 11 - 1 ball

OnePlus 9 - 1 ball

Kamera

Samsung Galaxy S21 

Asosiy kamera: 12MP, f/1.8, 26 mm, 1/1.76“, 1.8µm, PDAF, OIS.

Telefoto: 64MP f/2.0, 29 mm, 1/1.72“, 0.8µm, PDAF, OIS, 1.1x optik zum, 3x gibrid zum.

Ultrakeng: 12MP, f/2.2, 13 mm, 120˚, 1/2.55“ 1.4µm, Super barqaror video.

Video yozuv: 8K@24 kadr/sek., 4K@30/60 kadr/sek., 1080p@30/60/240 kadr/sek., 720p@960 kadr/sek., HDR10+, stereo ovoz yozish, giro-EIS

Xiaomi Mi 11

Asosiy kamera: 108MP, f/1.9, 26 mm, 1/1.33“, 0.8µm, PDAF, OIS.

Ultrakeng: 13MP, f/2.4, 123˚, 1/3.06“, 1.12µm.

Makro: 5MP, f/2.4, 1/5.0“, 1.12µm.

Video yozuv: 8K@24/30 kadr/sek., 4K@30/60 kadr/sek., 1080p@30/60/120/240 kadr/sek.; giro-EIS, HDR10+.

OnePlus 9

Asosiy kamera: 48MP, f/1.8, 23 mm, 1/1.43“, 1.12µm, PDAF.

Ultrakeng: 50MP, f/2.2, 14 mm, 1/1.56“, 1.0µm.

Monoxrom kamera: 2MP, f/2.4.

Video yozuv: 8K@30 kadr/sek., 4K@30/60 kadr/sek., 1080p@30/60/240 kadr/sek., Avto HDR, giro-EIS.

Selfi kamera

Samsung Galaxy S21 

10 MP, f/2.2, 26mm (keng), 1/3.24“, 1.22µm,  PDAF; Avto-HDR

Video yozuv: 4K@30/60 kadr/sek., 1080p@30 kadr/sek.

Xiaomi Mi 11

20 MP, f/2.2, 27mm (keng), 1/3.4“, 0.8µm; HDR.

Video yozuv: 1080p@30/60 kadr/sek., 720p@120 kadr/sek.

OnePlus 9

16 MP, f/2.4, (keng), 1/3.06“, 1.0µm Avto-HDR.

Video yozuv: 1080p@30 kadr/sek., giro-EIS.

Mi 11'ning asosiy kamera rezolyutsiyasi qolgan ikki smartfonnikidan balandroq bo‘lsa, OnePlus 9'ning ultrakeng kamera rezolyutsiyasi qolgan ikki smartfonnikidan yuqoriroq. S21'da esa 1.1x zumga ega bo‘lgan telefoto kamerasi mavjud. Asosiy kamerada video yozish imkoniyati uchala smartfonda ham bir xil. Biroq Galaxy S21  selfi kamerasi 4K@30 kadr/sekund formatda video yoza oladi. Mi 11 va OnePlus 9'da esa bu ko‘tsatkich 1080p@30 kadr/sekundni tashkil qiladi.

Galaxy S21 - 2 ball

Mi 11 - 1 ball

OnePlus 9 - 1 ball

Akkumulyator

Samsung Galaxy S21

4,000 mAs, 25 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, 15 vatt simsiz quvvatlanish, 4.5 vatt quvvat berish imkoniyati.

Xiaomi Mi 11

4,600 mAs, 55 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati 100% 45 daqiqada (reklamaga ko‘ra), 50 vatt simsiz quvvatlanish 100% 50 daqiqada (reklamaga ko‘ra), 10 vatt quvvat berish imkoniyati.

OnePlus 9

4,500 mAs, 65 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati 100% 29 daqiqada (reklamaga ko‘ra), 15 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati.

Xiaomi Mi 11 akkumulyator sig‘imi S21 va OnePlus 9'nikidan ko‘proq. Biroq Mi 11 ushbu smartfonlardan kattaroq. Galaxy S21 esa uchala smartfon ichida eng kichigi hisoblanadi. Test sinovlarida Galaxy S21 akkumulyator avtonomligi eng baland - 93 soatni tashkil qilgan bo‘lsa, Mi 11 va OnePlus 9 mos ravishda 89 va 87 soatni tashkil qildi. OnePlus 9 65 vatt bilan eng tez zaryad oladi. Mi 11 esa simsiz eng tez zaryad oladi va tezroq boshqa qurilmalarga quvvat beradi. OnePlus 9'da boshqa qurilmalarga quvvat berish imkoniyati mavjud emas.

Galaxy S21 - 1 ball

Mi 11 - 2 ball

OnePlus 9 - 1 ball

Boshqa

Samsung Galaxy S21 

Barmoq izi skaneri (ekran ostida, ultratovushli), NFC, stereo karnay.

Xiaomi Mi 11

Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik), NFC, stereo karnay, infraqizil port.

OnePlus 9

Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik), NFC, stereo karnay.

Narx

Samsung Galaxy S21 

8,874,000 - 8/128GB (Asaxiy.uz)

Xiaomi Mi 11

9,737,000 - global versiya 8/256GB (Asaxiy.uz)

OnePlus 9

649.99 dollar (taxminan 6,825,000) - 8/128GB (amazon.com)

Galaxy S21 - 1 ball

Mi 11 - 1 ball

OnePlus 9 - 2 ball

Umumiy natija

1. Mi 11 - 10 ball

2. Galaxy S21 - 8 ball

3. OnePlus 9 - 7 ball

O‘QING: Eski flagman yaxshimi yoki yangi o‘rta toifadagi smartfon?